Breaking News

Baltimor aravakashlari – shahar faxri


Zamonaviy texnologiya va jadal hayot tarzi bois ko’plab eski an’analar unutildi. Lekin Qo’shma Shtatlarning Baltimor shahrida o’tmishdan urf bo’lib qolgan bir odat hamon hayot. Shaharda har zamonda meva-cheva va sabzavot ortilgan ot aravada savdo qilayotgan odamlarni ko’rasiz. Yaqinda ular soni ko’paysa hech gapmas.

Baltimor ko'chalarida/Nasiba Tohir
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:18 0:00
Yuklab oling


Baltimor ahliga bu ovoz tanish. Tuyoqlarning taq-tuqi va sotuvchining hay-hayidan bilingki, ko’chadan meva-cheva va sabzavot to’la arava o’tayapti. Yigirma besh yoshli Bijey Abdulla o’zini tanibdiki, shu ish bilan band. Har kuni saharlab turadi va aravaga toza mahsulotni ortadi.

Xaridor xohlasa, aravani qidirib borishi mumkin, xohlasa, sotuvchini eshigiga chorlashi mumkin. Doimiy mijozlarning ko’pi bozorga qatnolmay qolgan keksalar. Boshqalar uchun ham bu aravalar qulay.

Ularni “aravakash” deb chaqirishadi. XIX asrda afro-amerikaliklar portlarga qatnab, otlarni parvarish qilgan, ba’zilari aravaga yegulik ortib savdo-sotiq qilgan. Aravakash so’zi shu-shu odamlarning yodida qolgan.

Qaysidir payt bu an’anana sekin-asta unutilganday bo’ldi. Ayrim og’ilxonalar qoidalar buzilgani uchun yopildi. Otlar yaxshi parvarish qilinmaydi, deb tanqid qilayotganlar ham bor.

1994-yilda bu muammolar bilan shug’ullanish va, shu bilan birga, an’anani saqlab qolish uchun alohida jamiyat tuzilgan. Uning prezident Daniel van Allen oxirgi yillar unumli o’tdi, deydi.

“Oxirgi bir necha yilda avvaliga bir aravamiz ikki bo’ldi. Og’ilxonani ta’mirdan chiqardik va yana sakkiz aravani qatnatib qo’ydik. Kelasi yilga borib qo’shimcha to’rt arava xaridorga xizmat qila boshlaydi”, - deydi Allen.

Abdullaning aytishicha, u shu ishini boshqasiga alishmaydi.

“Oyoqda turolmay qolgunimcha ishlayman. Menga o’xshagan aravakashlar kam emas. Salkam yuz yildan beri bor bu kasb. Bu udumni saqlab qolamiz”, - deydi u.

Odamlar ishdan toliqib kelganida bozorga qatnashga holi bo’lmaydi. Ko’chada tayyor meva-cheva tursa, yaxshi-ku. Aravakash ham, mijoz ham xursand.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG