Breaking News

Bangladeshda saylov kuni zo'ravonliklar


Bangladeshda muxolifat saylov uchastkalariga o't qo'ydi, Feni, 4-yanvar, 2014-yil
Bangladeshda muxolifat saylov uchastkalariga o't qo'ydi, Feni, 4-yanvar, 2014-yil
Bangladeshda bugun parlament saylovlari o’tkazildi. Muxolifat tarafdorlari 150 dan ziyod saylov uchastkalariga o’t qo’ygan, kamida 18 odam nobud bo’lgan. Jumladan, bir rasmiy o’lguncha kaltaklangan.

Saylov kuni xavfsizlikni ta’minlash maqsadida mamlakat bo’ylab o’n minglab qo’shinlar safarbar etilgan, biroq ular zo’ravonliklarga to’siq qo’ya olmagan.

Muxolif Bangladesh millatchilar partiyasi saylovlarni soxta deya, tarafdorlari va o’z nomzodlaridan jarayonda qatnashmaslikni so’ragan. Natijada saylovda kam odam qatnashgan, hukmron Avomi Ligasi partiyasidan nomzodlar esa raqobatsiz saylanishga muvaffaq bo’lgan.

Xalqaro kuzatuvchilar saylovlarni nazorat etishdan bosh tortgan.

Sobiq bosh vazira Xolida Ziyo yetakchiligidagi muxolifat bosh vazira Shayx Xasinadan iste’foga chiqishni, hokimiyatni muvaqqat hukumatga topshirishni talab qilgan. Biroq Xasina bu siyosiy tanazzulning yanada chuqurlashishiga olib keladi, deya lavozimidan ketishdan bosh tortmoqda.

Muxolifat saylov natijalariga norozilik bildirib, dushanba va seshanba kunlari ish tashlashlar e'lon qilmoqchi.

So'nggi ikki oyda Bangladeshda siyosiy zo'ravonliklarda 150 dan ziyod odam nobud bo'lgan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG