Bangladesh terrorizmga qarshi pul bilan kurashmoqchi

  • Amerika Ovozi

22 yoshli Abdul Hakim va 23 yoshli Mahmud ul-Hasan Bijoy - qutqarilgan jangarilar

22 yoshli Abdul Hakim va 23 yoshli Mahmud ul-Hasan Bijoy - qutqarilgan jangarilar

Bangladesh hukumati jangarilarga terrorizmdan qaytgani uchun mukofot pulini berishini bildirishi bilan ikki yosh qurolini tashlab, o'zini hukumatga topshirgan.

“Qora yo'ldan chiqdik”, - deydi 22 yoshli Abdul Hakim.

Bu yigit va uning 23 yoshli sherigi Mahmud ul-Hasan Bijoy milliy telekanalda davlatdan chek olayotganini ko'rsatishdi. Voqea mamlakat bo'ylab qizg'in muhokamada. 157 millionga yaqin aholiga ega Bangladesh yirik musulmon jamiyatlardan biri.

Yoshlarning ekstremistlarga qo'shilib, qo'liga qurol olayotgani qashshoqlikka bog'liq, deya qayd etadi ziyolilar. Hukumat qisqa muddatda ularni pul bilan bu yo'ldan qaytarish umidida. Uzoq muddatda esa mamlakatni rivojlantirish, ish o'rinlari va imkoniyatlar yaratish kerak.

“Xato qildik", - deydi Abdul Hakim. "Biz terrorizmga ishonmaymiz. Boshqalar ham bu yo'ldan qaytsin".

Yigitlarga 500 ming taka berildi. Bu 6350 AQSh dollari demakdir.

Bu yoshlar Neo-JMB degan guruh a'zosi edi. Rasmiylarga ko'ra, u - "Islomiy davlat" hamda Jamoatul Mujohiddin harakati bilan hamkorlik qiluvchi to'da.

Qonunan ular adolat oldida javob berishi kerak. Lekin prokuror ularni maxsus qayta tarbiyalash programmasiga yuborishni so'raydi.

Bangladesh policemen drive off in a mini truck with bodies of suspected militants after a raid in Narayanganj district near Dhaka, Bangladesh, Aug. 27, 2016.

Bangladesh policemen drive off in a mini truck with bodies of suspected militants after a raid in Narayanganj district near Dhaka, Bangladesh, Aug. 27, 2016.



Bangladesh uchun terrorizmga qarshi kurash birlamchi masala. Bu yerda barcha terroristik tashkilotlarning hamkorlarini va tarafdorlarini topasiz, deydi jamoatchi faollar. O'tgan oylar ichida qilingan xurujlarda kamida 70 kishi halok bo'lgan.

Bangladeshda jangarilikka yollanganlar odatda qashshoq oilalardan, savodsiz va ishsiz. Mamlakatda kishi boshiga o'rtacha yillik daromad 1300 dollar.

Yoshlarni terrorizmdan qaytarish dasturini yuritayotgan Benazir Ahmad deydiki, hukumat bu qarorida qat'iy.

Lekin mutaxassislar nazarida bu chora samara bermaydi, xom reja.

“Bu strategiya Saudiya Arabistoni va Indoneziyada qo'llangan",- deydi Ali Riyoz, Janubiy Osiyo bo'yicha ekspert. “Ish berishi mumkin, biroq keskin shartlar va uzoq muddatni ko'zlovchi tadbirlar asosida".

Saudiya Arabistonida terrorizmdan qaytgan yoshlar imomlar va ruhshunoslar qo'lida saboq oladi. Ularni qayta tarbiyalash programmasi yo'lga qo'yilgan. Lekin bu chora qanday samara berganini bilish yoki o'lchash qiyin.

Bangladeshda ta'lim tizimi juda nochor, deydi mutaxassislar. Bolalarga bilim berish, o'qitish uslubi va ta'lim sifatini takomillashtirish bilan hukumat ekstremizm va terrorizmga qarshi real qadamlar tashlagan bo'ladi. Davlat diniy yetakchilar bilan ham yaqindan ishlashi kerak.

Hozircha hukumat ko'plab savollarga javob bera olmaydi. Kuniga bir yigit yoki qizni bo'lsa ham qora yo'ldan saqlasak, ulkan yutuq bo'ladi, deydi mutasaddilar.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG