SPID aniqlanganiga 30 yil bo’ldi - kasallik tarixi va bugungi manzara


SPID aniqlanganiga 30 yil bo’ldi - kasallik tarixi va bugungi manzara

SPID aniqlanganiga 30 yil bo’ldi - kasallik tarixi va bugungi manzara

Bundan 30 yil oldin, aniqrog’i, 1981 yilning 5 iyunida tibbiy mutaxassislar sirli va xatarli bir kasallik haqida ma’lum qilib, insoniyatni ogohlikka chorlagan.

Tez orada unga nom ham berildi – inglizchada “AIDS”, ruschada SPID, o’zbekchada esa OITS (Orttirilgan imminutet taqchilligi sindromi).

Bu kasallikka yetaklovchi virus “HIV” – immunitet taqchilligi virusi yetib bormagan joy yo’q. Aniqlanganidan beri 25 million odamni hayotdan olib ketdi. Lekin uning xavf darajasi pasaygan.

Uzoq yillik, muntazam ilmiy izlanishlar natijasida SPIDga qarshi kuchli dorilar yaratildi, mulolaja turlari ko’paydi. Bugun immunitet taqchilligi virusiga uchragan odamning hayotini saqlab qolish mumkin.

SPID aniqlanganiga 30 yil bo’ldi - kasallik tarixi va bugungi manzara

SPID aniqlanganiga 30 yil bo’ldi - kasallik tarixi va bugungi manzara

30 milliondan oshiq odam bu virus bilan yashaydi. Shulardan bir yarim millioni Sharqiy Yevropa, Rossiya va Markaziy Osiyoda.

BMTning ogohlantirishicha, O’zbekiston kasallik tarqalishi bo’yicha mintaqada birinchi o’rinda, bemorlar soni rasmiy hisoblarga ko’ra, 16 ming, mustaqil xalqaro tashkilotlar taxminicha esa 30 ming.

Kati Bennett immunitet taqchilligi virusiga chalinganiga 21 yil bo’ldi. 1990 yilda bu haqda xabar topganida “tamom, o’laman” deb o’ylagan edi. Lekin shifokorlar umidni boy bermay davolanishni taklif qildi. Dastlab dorilar umuman natija bermadi, aksincha ahvoli og’irlashdi.

“To’rt oy davomida o’limni kutib yotdim. Shifokorlar hech narsa qila olmadi”, - deydi Bennet.

Lekin sal o’tmay yangi dorilar paydo bo’ldi. Kati Bennet ular yordamida oyoqqa turdi, turmush tarzini o’zgartirdi va bugunga kelib hamshiralik qilmoqda.

Bemorning bir kunlik dozasi

Bemorning bir kunlik dozasi

“Shu kasallikka chalinganlar bilan ishlayman. Bu virus sizni o’ldirmaydi deyman. Hayotim normal, o’lish niyatim yo’q”.

Lekin dardga bardosh bera olmayotganlar ko’p, masalan 2009 yilda ikki yarim milliondan ortiq odam og’rigan bo’lsa, ikki millionga yaqini o’lgan.

30 yil oldin shifokorlar SPIDni vabo deb ta’riflagan bo’lsa, bugun sal boshqacha izoh berishadi. Doktor Antoni Fauchi virusni aniqlagan mutaxassislardan biri. Hozirda AQSh Yuqumli Kasalliklar Institutini boshqaradi. O’tgan davrda muhim ishlar qilindi, deydi u.

“Bu yuqumli kasallik nima ekanini bilmas edik. Shu qadar tez tarqalayotgani bois hamma vahimada edi. Odamlar birin-ketin o’layotgan edi. Qanchalik urinmaylik, bu virusni tezlikda o’rganib chiqish mumkin emas edi. Sabab nima, bilmas edik”, - deydi Fauchi.

Astalik bilan sabablari oydinlasha bordi. Immunitet sistemasi buzilishidan kelib chiqadigan kasallik ekani, jinsiy yo’llar va qon orqali tarqalishi aniqlandi.

Doktor Robert Gallo Orttirilgan Immunitet Taqchilligi Sindromi degan tushunchani tanishtirgan olimlardan biri.

SPID aniqlanganiga 30 yil bo’ldi - kasallik tarixi va bugungi manzara

SPID aniqlanganiga 30 yil bo’ldi - kasallik tarixi va bugungi manzara

“Bu kasallik haqida hamma narsani bilish mumkin emas. O’zi buning hech iloji yo’q. Bugun ham shifokorlar mana sizga deb SPID haqida batafsil ma’lumot bera olmaydi. Har kuni bir narsani aniqlayman, o’rganaman”, - deydi u.

1987 yilgacha virusga qarshi biror dori va vaksina mavjud emas edi. Ko’pchilik umidni boy bergan edi. Shuning uchun birinchi vosita, AZT ishlab chiqilganida ishonishmagan.

“Bu dori kasallikni sekinlashtira oldi. Alomatlari pasaydi. Lekin u kimyoviy jihatdan, toksik jihatdan juda kuchli edi. Natijasiga qarab, yomon emas deganmiz”, - deydi doktor Gallo.

Uch yil o’tib, virus bu dorini pisand qilmay qo’ydi. AZT zaiflik qila boshladi. 1990-yillarda effektiv vositalar ixtiro qilindi. Tinimsiz tadqiqotlar, amaliy tajribalar samara berdi.

“Bu dorilar muvaffaqiyati beqiyos. Bugun bemor hayotini asrab qola olamiz. Ular mavjud dorilar bilan uzoqroq yashashi, normal hayot kechirishi mumkin. Imkoniyatlar bor bugun”, - deydi Antoni Fauchi, AQSh Yuqumli Kasalliklar Instituti rahbari.

SPID aniqlanganiga 30 yil bo’ldi - kasallik tarixi va bugungi manzara

SPID aniqlanganiga 30 yil bo’ldi - kasallik tarixi va bugungi manzara

Dorilar-ku bor, lekin SPID va unga yetaklovchi virusga chalinganlar yakkalanib qoladi. “Boshqalar bizdan qo’rqishadi, kamsitishadi”, - deydi bemorlar.

Kasallik ustida izlanishlar davom etmoqda. Hukumatlar xastalik bilan jiddiy kurashishga, insoniyat bu virus haqida bilishga majbur.

30 yoshgacha bo’lganlar orasida uning tarqalish sur’ati yuqori. Bolalar va immunitet taqchilligi virusi bilan ishlaydigan tashkilot vitse-prezidenti R.J. Simonds butun e’tibor rivojlanayotgan mamlakatlarda deydi. Go’dakning bardosh berishi qiyin.

“Virusga chalingan ona zarur dorilarni ichishi, olishi shart. Aks holda bola ham kasallanadi va buning oqibati ko’p hollarda fojiali”, - deydi Simonds.

BMT har yili SPID va unga yetaklovchi virus haqida hisobot berib, hukumat va xalqlarni ogohlikka chorlab keladi. Kasallikni yengdik deyishga hali erta, lekin harakat qilinsa, sharoit yaratilsa va inson bu borada bilsa, xavfni bartaraf qilish mumkin.

XS
SM
MD
LG