Xushmanzara Batumi sayyohlar bilan gavjum


Xushmanzara Batumi sayyohlar bilan gavjum

Xushmanzara Batumi sayyohlar bilan gavjum

Qora dengiz sohilida bir vaqtlar Sovet Ittifoqining eng go’zal kurort shaharlaridan hisoblangan Batumi bugun sayyohlar bilan gavjum.

Mahalliy hukumatning turizmga e’tibori va xorijiy sarmoya jalb etishi natijasida bu shaharga joriy yilda kelishi kutilayotgan turistlar soni qariyb 1,5 millionga yetishi aytilmoqda. Bu 2005 yilga qaraganda rosa 10 barobar ko’p.

Turkiya chegarasidan 15 kilometr masofada joylashgan Batumi Sovet davrida chegaralar berk bo’lgani sabab chet elliklarni jalb qila olmagan. Hozirda esa xorijiy sarmoyadorlar uchun imtiyozlar yaratilgani samara beryapti.

Xushmanzara Batumi sayyohlar bilan gavjum

Xushmanzara Batumi sayyohlar bilan gavjum

Turkiya, Armaniston, Ozarbayjon, Ukraina, Isroil – bu mamlakatlarning baridan sayyohlar Batumiga keladi.

Batumining yangi aeroportiga 11 mamlakatdan samolyotlar kelib qo’nadi. Dengiz portlariga kelayotgan kemalar soni ham ancha oshgan, yangi mehmonxonalar qurilmoqda.

“O’tgan yili “Sheraton” ochildi, bu yili esa “Radisson”. Keyingi yilda “Hilton” va “Kempinski” mehmonxonalarining ochilishi kutilyapti, undan keyin “Holiday Inn” va boshqalar. Lekin bu ham yetarli emas”, - deydi viloyat gubernatori Levan Varsholomidze.

Turizmni rivojlantirishni niyat qilgan hokim yaqinda shahar bo’ylab 700 palma daraxti ekishga ko’rsatma bergan. Dengiz sohilidagi saylgohni 7 kilometrga kengaytirgan.

Lekin bunday o’zgarishlar va “modern” uslubidagi yangi binolar ba’zilarga yoqmayotgani ayon.

Xushmanzara Batumi sayyohlar bilan gavjum

Xushmanzara Batumi sayyohlar bilan gavjum

“Batumi Gruziyaning eng go’zal shaharlaridan biri edi, endi esa bachkana bo’lib ketdi. Bir-biriga mos kelmagan turli binolarni, yoki bir binoning o’zida 5-6 uslub mujassamlanganini ko’rasiz. To’g’ri emas”, - deydi muxolifat yetakchilaridan Nino Burjanadze.

Gruziya Iqtisodiyot va taraqqiyot vaziri Vera Kobalia Batumiga xorijiy investorlarni jalb etish kerak, deydi. Uning fikricha, aholini ish bilan ta’minlash uchun turizm sohasini, xususan Batumi kurortini rivojlantirish kerak.

“Ko’plab investorlar fikricha, Batumi, Dubai yoki Singapurnining oldingi davrini eslatadi. Ular Batumida ham ayni jarayonni kuzatishmoqda. Haqiqatdan ham, Batumiga shuncha sarmoya keladi deb oylamagandik”, - deydi rasmiy.

Batumi gullab-yashnayotgani haqidagi xabarlar hatto Nyu-Yorkkacha yetib keldi.

Chunonchi, amerikalik taniqli milliarder Donald Tramp tashabbusi bilan Batumida “Batumi-Tramp Otel” nomi ostida 52 qavatli yirik bino qurilishi rejalangan.

XS
SM
MD
LG