Feliks Baumgartner - tovushdan tez uchuvchi odam

  • Amerika Ovozi

Avstriyalik Feliks Baumgartner kapsuladan sakramoqda, 14-oktabr, 2012-yil.

Avstriyalik Feliks Baumgartner kapsuladan sakramoqda, 14-oktabr, 2012-yil.

Avstriyalik parashutchi Feliks Baumgartner havoda tovushdan tez uchgan birinchi inson bo’ldi.


Baumgartner yakshanba kuni AQShning Nyu-Meksiko shtatidagi sahro uzra 38 kilometr balandlikdan maxsus skafandrda sakrab, yer tomon 4 daqiqa 19 soniya erkin ravishda uchdi va so’ng parashyutni ochdi.

Havoda erkin tushish bobida ustozi, Jozef Kittingerdan 17 soniyaga qoldi. Kittinger jahon rekordini 1960-yilda o’rnatgan edi.

Shunga qaramay Baumgartner havoda soatiga 1342 kilometr tezlikda harakatlanib, o’ziga xos rekord qo’ydi.

Tezlikdan tashqari Baumgartner parashyut bilan eng yuqoridan sakrashda 52 yillik rekordni yangiladi.

"Dunyo cho’qqisiga chiqqanda odam rekord haqida o’ylamas ekan. Shunchaki, meni tomosha qilayotgan ota-onam, qaylig’im, millionlab odamlar ko’z o’ngida o’lmasam, deysiz”, deydi u.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG