Jurnalist O'rinboy Usmonov ishi yuzasidan fikr bildirish xavfli, deydi hamkasblari


O'rinboy Usmonov 10 yildan beri "Bi-Bi-Si" O’zbek xizmatining Tojikiston shimolidagi faol muxbiri. U nafaqat professional jurnalist balki iste'dodli fotograf, shuningdek o'z sohasini boshqalarga o'rgatib kelayotgan murabbiy, ustoz hamdir.

O'rinboy Usmonov 10 yildan beri "Bi-Bi-Si" O’zbek xizmatining Tojikiston shimolidagi faol muxbiri. U nafaqat professional jurnalist balki iste'dodli fotograf, shuningdek o'z sohasini boshqalarga o'rgatib kelayotgan murabbiy, ustoz hamdir.

Xalqaro tashkilotlar, xususan Parijda asoslangan "Chegara Bilmas Muxbirlar" Britaniya teleradio korporatsiyasi, "Bi-Bi-Si" ning Tojikistondagi muxbiri O’rinboy Usmonov zudlik bilan qamodan ozod etilsin deya so’ramoqda.

Jurnalist “Hizb-ut-Tahrir” ga a’zolik va bu guruhni targ’ib qilganlikda ayblanmoqda.

AQSh va Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti nazarida Usmonovga qarshi ayblar - siyosiy va diniy senzura.

13 iyun kuni ishga chiqib ketib uyiga qaytmagan xo'jandlik O'rinboy Usmonov 10 yildan beri "Bi-Bi-Si" O’zbek xizmatining Tojikiston shimolidagi faol muxbiri.

U nafaqat professional jurnalist balki iste'dodli fotograf, shuningdek o'z sohasini boshqalarga o'rgatib kelayotgan murabbiy, ustoz hamdir.

Usmonovning Sug’d viloyatida birdaniga qamoqqa olinishi, hamkasblari nazarida, aqlsizlikdir. Lekin bu insonlar o'z ism-sharifi oshkor etilmasligini so'raydi.

“O’rinboy akaga "Hizb-ut-Tahrir”ga a’zolik va uning targ’ibotiga qo’l urish aybi qo’yilganligi odam ishonmaydigan narsa. Bu umuman haqiqatdan yiroq”, - deydi jurnalistni yaqindan bilgan ziyolilardan biri.

Tojikiston shimolida hozir Eron, Germaniya, Rossiya va Qozog’iston muxbirlari ishlab kelmoqda.

Ziyolilar informatsiya zaruratini tushunsa-da, ularning hammasi ham jurnalistlar ishidan rozi emas.

Sug’d viloyat o’zbeklar ma’naviyat va ma’rifat markazi raisi, Tojikiston matbuoti a’lochisi Ilhom Yusupov fikricha, chet el ommaviy axborot vositalarining xodimlari respublikada erkin faoliyat olib boradi, lekin jurnalistik etikadan uzoq.

“Bizning chet el muxbirlarimiz yo’naltiruvchi savollar berishadi, shunga olib boradigan gaplar qilishadi. Bu etikaga umuman to’g’ri kelmaydi. Ular dunyo talablariga javob berolmaydigan shaxslar”,- deydi Yusupov.

Usmonov ishi yuzasidan uning hamkasblari ochiq munosabat bildira olmayotgani tabiiy, deydi Yusupov.

“Chunki, bu haqda maxsus xizmat idorasi aniq ma’lumot bergani yo’q... Shu sabab, ularning javob bermasligi, menimcha, to’g’ri deb o’ylayman”, - deydi u.

“Ikkinchidan, har qanday holatda har bir davlat qonunchiligi nuqtai nazaridan ham, tergov ishi ketayotgan paytda ularga xalaqit bermaslik kerak.”

Yusupovning kuzatishicha, O'rinboy Usmonovning hibsga olinishi ko’pgina odamlarni vahimaga solib qo'ygan.

“O’z ustida to’g’ri ishlolmaydigan, qonunchilikni yaxshi bilmaydigan, jurnalistik etikaga e’tibor bermaydigan odamlar o’zidan cho’chiydi”.

“Man etilgan narsaga kirmaslik kerak. Chunki davlat siyosati o’shani taqozo etadi. Ularga kirib olib, hammaga boshqacha salbiy fikrlar bildirish.. Nimaga kerak davlatga o’shanday insonlar”? - deya so'raydi u.

Usmonov bilan ilgari birga ishlagan mahalliy jurnalistlar bo’layotgan voqealarni hozircha sharhlashni istamayotir.

“Sud hukmisiz biror narsa deya olmaymiz. "Bi-Bi-Si" muxbiriga-ki yopishishibdimi, demak, bu nimadir bo’lsa kerak”, - deydi ulardan biri.

Bahrom ismli ziyoli deydiki:

“Erkin ishlovchi jurnalist hozir yo’q. Qo’rqadi, har xil yo’llar bilan pachag’ini chiqarishadi. Mana Rossiyada biror faktni ochib beruvchi jurnalistni istasak-istamasak bir kun boshini yeyishadi. Qanchadan-qancha jurnalistlarni yo’q qilishdi. Tojikistonda ham mana shunday. Ozod ishlaydigan jurnalistga yo’l yo’q. Gazeta-jurnalmi, radio-televideniyemi, farqi yo’q.”

O’rinboy Usmonovning oila a’zolari uning kaltaklanganini aytishmoqda. Himoyachi Fayziniso Vohidova muxbirning qo’lga olinishida qator qonunbuzarliklarga yo’l qo’yilganini ta’kidlab kelmoqda.

XS
SM
MD
LG