Jurnalist O'rinboy Usmonovga nisbatan sud ishi davom etmoqda


O'rinboy Usmonov 10 yildan beri "Bi-Bi-Si" O’zbek xizmatining Tojikiston shimolidagi faol muxbiri. U nafaqat professional jurnalist balki iste'dodli fotograf, shuningdek o'z sohasini boshqalarga o'rgatib kelayotgan murabbiy, ustoz hamdir.

O'rinboy Usmonov 10 yildan beri "Bi-Bi-Si" O’zbek xizmatining Tojikiston shimolidagi faol muxbiri. U nafaqat professional jurnalist balki iste'dodli fotograf, shuningdek o'z sohasini boshqalarga o'rgatib kelayotgan murabbiy, ustoz hamdir.

Tojikistonda Bi-Bi-Si, Britaniya Teleradio Korporatsiyasi muxbiri, ekstremist guruhlar bilan aloqa qilib, bu haqda rasmiylarni ogoh qilmaganlikda ayblanayotgan O’rinboy Usmonov sudi davom etmoqda.

Prezident Emomali Rahmon tavsiyasi bilan hibsdan ozod qilingan jurnalist mustaqillikning 20 yilligi munosabati bilan amnistiyadan foydalanishi mumkin edi. Ammo u aybsiz va jinoiy da’volar asossiz ekanini ta’kidlab, amnistiyaga rozi bo’lmagan.

“Hizb-ut-Tahrir” partiyasiga a’zolik, ekstremistik guruhga qo’shilganlik va konstitutsion tuzumni ag’darishga da’vat kabi gumonlar bilan milliy xavfsilik qo’mitasi xodimlari tomonidan qo’lga olinib, bir oy izolyatorda saqlangan O’rinboy Usmonov, prokuraturaning ta'kidlashicha, mutaassib kuchlar haqida bilgan, ammo organlarni ogohlantirmagan.

Jurnalist O'rinboy Usmonovga nisbatan sud ishi davom etmoqda

Jurnalist O'rinboy Usmonovga nisbatan sud ishi davom etmoqda

Mana shu ayblovning o’zi jurnallistni 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etishi mumkin.

Sug'd viloyat sudidagi jarayonini kuzatayotgan jurnalist Mas’um Muhammadrajab “Usmonovga qarshi dastlabki tergov jarayonida qo’yilgan ayblovlar o’z isbotini topmadi”,- deydi.

“Hatto Usmonovni qo’lga olgan milliy xavfsizlik qo’mitasi xodimlari ham sud jarayonida gapirar ekan, hibsga olish vaqtida jiddiy kamchiliklarga yo’l qo’yganliklariga iqror bo’ldilar. Turli vajlar bilan sud jarayonini juda cho’zib yuborishmoqda. Bularning "Bi-Bi-Si" muxbiriga juda qo’pol ayblovlarni hech bir asossiz qo’yishganini, o’z xatoliklarini tan olishga jur’ati etmayapti.”

Britaniyaning Tojikistondagi muxtor elchisi Trevor Mor (Trevor Moore) ham kecha sudni ko'rishga keldi.

O'rinboy Usmonov va yana bir jurnalist ustidan borayotgan mahkama jarayoni "Biz uchun iztirobli holat", - deydi u.

Mahalliy jurnalistlar mavzu borasida so’z ochishdan cho’chishadi.

O'rinboy Usmonov sud binosi oldida Britaniya elchisi Trevor Mor (Trevor Moore) bilan gaplashmoqda

O'rinboy Usmonov sud binosi oldida Britaniya elchisi Trevor Mor (Trevor Moore) bilan gaplashmoqda

“Men O’rinboy aka haqida na yomon, na boshqa gapni aytmaslikka qasam ichganman. Yaxshi gapni aytaman, lekin rasmiy tarzda emas... Axir O’rinbay aka bilan birga non-tuz yeganman”,- deydi ulardan biri.

Usmonov ustidan sud jarayoni cho’zilib ketganining asosiy sababi, deydi kuzatuvchilar, prokuraturaning zo’r berib ayb izlayotganidir.

Usmonovning himoyachisi Fayziniso Voxidova Tojikistonda go’yo “Hizb-ut-Tahrir” amiri hisoblangan Sharif Yoqubovning muxbirga qarshi ko’rsatmalari o’qib eshittirilgan bo’lsa-da, uni jurnalistning o’zi inkor etayotganligini bildirar ekan, bunday holatda ish mavjud qonunlarga ko’ra, ayblanivchi foydasiga ko’rilishini aytadi.

Jurnalistning advokati Fayziniso Voxidova (o'rtada) sud ishini yoritayotgan muxbirlar bilan suhbatda

Jurnalistning advokati Fayziniso Voxidova (o'rtada) sud ishini yoritayotgan muxbirlar bilan suhbatda

“Jinoiy ishlarni ko’rib chiqishda, sud davomida hal etilmagan e’tiroflar 14-moddaga ko’ra, sudlanayotganning foydasiga hal etiladi. Shuning uchun bu ko’rsatma kuchga ega emas. Men ishonamanki, sudya buni inobatga oladi”,- deydi Voxidova.

"Bi-Bi-Si" ning Tojikistondagi rahbari Isfandiyor Odina deydiki, jurnalist aybsiz ekanini nafaqat bu yerdagi hamkasblari balki Londondagi bosh idora xodimlari ham biladi.

“O'rinboy Usmonovning oqlanishiga umid qilamiz, lekin guvohlarning kelmayotgani, xavfsizlik idorasi xodimlarining hozir bo’lishmayotgani kabi turli sabablar bilan mahkama cho’zilib ketdi”,- deydi u.

Usmonovning o’zi esa unga kichik bo’lsa-da jazo tayinlanishi mumkinligini aytadi. Oqlansa, unda respublikada matbuot erkinligi va demokratiyaga umid qilsa bo'ladi.

XS
SM
MD
LG