AQSh Xalqaro Teleradio Kengashi O'zbekistonni jurnalist huquqini hurmat qilishga chaqirmoqda

  • Amerika Ovozi

AQSh Xalqaro Teleradio Kengashi O’zbekiston hukumatidan Abdumalik Bobayevga nisbatan barcha ayblovlarni bekor qilishni so'ramoqda.

AQSh Xalqaro Teleradio Kengashi O’zbekiston hukumatidan Abdumalik Bobayevga nisbatan barcha ayblovlarni bekor qilishni so'ramoqda.

AQSh Xalqaro Teleradio Kengashi (Broadcasting Board of Governors), ya’ni “Amerika Ovozi” va “Ozodlik” singari axborot vositalarini boshqaruvchi kengash nazarida Abdumalik Bobayev jurnalistlik vazifasini sidqidildan ado etgani uchun jinoyatga tortilmoqda.

Bugun bu kengash maxsus bayonot chiqarib, O’zbekiston hukumatini xalqaro qonunlarga rioya qilishga, o’z burch va majburiyatlarini unutmaslikka undagan.

Erkin faoliyat yuritgan jurnalistlarga jinoiy ayblar qo’yib jazolash, deyiladi rezolyutsiyada, O’zbekistonning xalqaro hamjamiyat oldida bergan va’dalariga ziddir.

AQSh Xalqaro Teleradio Kengashi O’zbekiston hukumatini Abdumalik Bobayevga nisbatan barcha ayblovlarni olib tashlab, jurnalistlarning erkin axborot yig’ish va uzatish huquqini buzishni bas qilishga chaqirmoqda.

AQSh Xalqaro Teleradio Kengashi, ya’ni “Amerika Ovozi” va “Ozodlik” singari axborot vositalarini boshqaruvchi kengash nazarida Abdumalik Bobayev jurnalistlik vazifasini sidqidildan ado etgani uchun jinoyatga tortilmoqda.

AQSh Xalqaro Teleradio Kengashi, ya’ni “Amerika Ovozi” va “Ozodlik” singari axborot vositalarini boshqaruvchi kengash nazarida Abdumalik Bobayev jurnalistlik vazifasini sidqidildan ado etgani uchun jinoyatga tortilmoqda.

Abdumalik Bobayev "Amerika Ovozi" bilan uzoq yillardan beri hamkorlik qiladi. Shtatsiz, jamoatchi muxbir sifatida ishlagan bo'lsa-da, O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga bir necha bor murojaat qilib, ro'yxatdan, ya'ni akkreditatsiyadan o'tishni so'ragan. Muxbirning ariza va iltimoslariga biror marta javob berilmagan, ya'ni ular inobatsiz qoldirilgan.

"Amerika Ovozi" o'zini xolis, tezkor va ishonchli axborot vositasi deb biladi va O'zbekistondagi muxbiri barcha jurnalistik prinsip va qoidalarga binoan ishlaganini qayd etadi. Tashkilot direktori Den Ostin (Dan Austin) deydiki, jurnalistni professional faoliyati uchun sudga tortish adolatsizdir.

AQSh Xalqaro Teleradio Kengashi pozitsiyasi bilan quyidagi videoda ham tanishishingiz mumkin.


  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG