Amerikalik zobit Tolibon qo'lida qiynoqqa solinganini aytmoqda

  • Amerika Ovozi

AQSh armiyasi serjanti Bou Bergdal Tolibon qo'lida salkam 5 yil asirlikda o'tirgan

AQSh armiyasi serjanti Bou Bergdal Tolibon qo'lida salkam 5 yil asirlikda o'tirgan

Bir hafta ilgari AQSh qamoqxonasidagi besh tolib evaziga Tolibon qo’lidan ozod etilgan amerikalik zobitning aytishicha, uni salkam besh yil davomida tutqunlikda qiynashgan, kaltaklashgan, panjarada saqlashgan.

Serjant Bou Bergdal ikki bor toliblar qo’lidan qochishga harakat qilganini, ammo ushlanib, qattiq jazolanganini aytadi.

Bergdal ayni damda Germaniyada davolanmoqda. Avvaliga uning ozod etilgani AQShda olqishlarga sazovor bo’lgan, Oq uy uni qahramon deb atagan edi.

Biroq uning sobiq safdoshlariga ko’ra, Bergdal 2009-yil iyunida harbiy qismni o’zboshimchalik bilan tark etib, toliblar qo’liga tushgan.

Uning tanqidchilariga ko’ra, Guantanamo qamoqxonasida terrorchilik aybi bilan o’tirgan toliblarni ozod etish xato bo’lgan.

Xavotirlarga ko’ra, ozodlikka chiqqan sobiq jangarilar Amerikaga qarshi yangi xurujlar rejalashi mumkin.

Bergdalning AQShga qachon qaytishi ma’lum emas. U ozodlikka chiqqanidan beri ota-onasi bilan gaplashgani yo’q hali.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG