Senator Berni Sanders prezidentlikka nomzodini e'lon qildi

  • Amerika Ovozi

Senator Berni Sanders

Senator Berni Sanders

AQShning Vermont shtatidan Senatga saylangan vakili Berni Sanders 2016-yil prezident saylovlarida omadini sinamoqchi. 73 yashar arbob Senatda mustaqil qonunchi sifatida ro'yxatdan o'tgan. U o'zini sotsialist deb biladi.

Sanders Senatga 2006-yilda saylanganidan beri Demokratlar partiyasiga a'zo qonunchilar bilan bir guruhda faoliyat yuritadi.

U iqtisodiy tengsizlikka qarshi kurash, ijtimoiy muhofaza dasturini kuchaytirish, moliyaviy institutlar, qimmatbaho qog'ozlar bozori ishini qattiqroq tartibga solish, erkin savdoga doir bitimlarga muxolifatda bo'lish bilan yaxshi tanilgan.

Sanders demokratlardan nomzodini e'lon qilgan ilk arbob - Xillari Klinton bilan raqobat qilishi kutilmoqda. Klinton Sandersni mag'lub etishni istasa, uning ba'zi qarashlarini qabul qilishga majbur, deydi kuzatuvchilar.

Sanders saylov kampaniyasi uchun Klintonchalik pul to'play olmasligini yaxshi tushunadi.

Senatga saylanishdan oldin Sanders 16 yil Vakillar palatasida xizmat qilgan, Vermont shtatidagi Burlington shahrida merlik qilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG