Breaking News

“Eng zo'r mamlakatlar” reytingida AQSh to’rtinchi o’rinda


Nyu-York
Nyu-York

Davosda Jahon iqtisodiy forumida e'lon qilingan reytingga ko'ra, dunyoning eng zo’r mamlakati - Germaniya. Ikkinchi o’rinda Kanada, uchinchida esa Britaniya. To'rtinchi o'rinda esa AQSh.

"U.S. News & World Report" jurnali, Pensilvaniya universiteti qoshidagi Uorton biznes maktabi va BAV konsalting firmasi olib borgan izlanishlar natijasi bu.

“Universitetlar, kasalxona va boshqa muassasalar reytingini tuzganimizdek, bu galgi “Eng zo'r mamlakatlar” portali fuqarolar, biznes va hukumatlarga tezlikda o’zgarib borayotgan dunyoda kerakli ma’lumot manbai bo’lib xizmat qiladi”, - deydi “U.S.News & World Report" bosh muharriri Mortimer Zukerman.

60 mamlakatdagi vaziyat o'rganilgan. 16 ming odamning fikri so'ralgan. Asosan oliy ma'lumotli, siyosat va jamiyatda faol shaxslar hamda biznes ahli qatnashgan.

So’ralganlar har bir mamlakatni quyidagi yo'nalishlar bo'yicha baholagan: sayohat, madaniyat, tadbirkorlik, tarixiy me’ros, qudratli odamlari, biznes muhit, oshkoralik va turmush sifati.

AQSh qudrat va ta’sir bobida birinchi, Germaniya esa tadbirkorlikda ilg’or, Kanada esa turmush sifati bo'yicha boshqalardan oldinda ekani aniqlangan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG