AQSh sobiq prezidenti Jerald Fordning rafiqasi olamdan o'tdi

  • Amerika Ovozi

Betti Ford 1974-77 yillarda Oq Uy bekasi bo'lgan

Betti Ford 1974-77 yillarda Oq Uy bekasi bo'lgan

Amerikaning 1974-77 yillardagi rahbari Jerald Fordning rafiqasi Betti Ford 93 yoshida vafot etdi.

U nafaqat prezident ayoli, balki xotin-qizlar huquqi uchun kurashgan, ichkilikbozlik va giyohvandlikka qarshi tibbiy tashabbuslar boshida turgan arbob sifatida tarixga kirgan.

1918 yilda Chikago shahrida tavallud topgan va 1930-40 yillarda Nyu-Yorkda raqqosalik qilgan va moda yulduzi bo’lgan.

Fordlar oilasi

Fordlar oilasi

Oq Uydalik paytida Betti Ford ko’krak raki bilan olishgan. Eri Jerald Ford prezidentlikdan ketgan yillarda rafiqasining alkogolik ekani oshkor bo’lgan.

1980-yillarda Betti Ford uzoq payt kasalxonalar va boshqa davolanish maskanlarida yotgan.

Fordlardan to’rt farzand qoldi. Jerald Fordning o’zi 2006 yilda vafot etgan edi.

Jerald Ford (1913-2006)

Jerald Ford (1913-2006)

Jerald Ford prezidentlikka, Richard Nikson siyosiy mashmashalar natijasida rahbarlikdan ketgach, kelgan. Bu voqealar "Votergeyt skandali" deya nomlanadi.

Respublikachi Nikson Demokratik partiyaning Vashingtondagi bosh idorasiga maxfiy moslamalar o'rnatib, saylov kampaniyasi rejalarini zimdan kuzatib, ayg'oqchilik qilish ishlariga ruxsat berganini tan olgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG