Bayden Xitoy prezidenti va bosh vaziri bilan gaplashdi

  • Amerika Ovozi

AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden Pekinda amerikalik biznesmenlar bilan uchrashmoqda, 5-dekabr, 2013-yil

AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden Pekinda amerikalik biznesmenlar bilan uchrashmoqda, 5-dekabr, 2013-yil

AQSh vitse prezidenti Jo Bayden Xitoyga safari chog’ida Pekinda bir guruh amerikalik tadbirkorlar bilan uchrashdi. Uning aytishicha, Xitoyning Sharqiy Xitoy dengizida havo mudofaa zonasini o’rnatgani mintaqada vaziyatning taranglashishiga olib keldi.

Bayden mavzuni kecha prezident Si Zinpin bilan bo’lgan besh soatlik uchrashuv davomida ko’targanini aytdi.

"Yirik davlatlar bilan yangicha munosabatlarni o’rnatishga harakat qilyapmiz. Aloqalar konstruktiv hamkorlik, sog’lom raqobat, o’zaro hurmat asosida bo’ladi", - dedi Bayden.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi bayonotiga ko’ra, Xitoy prezidenti Baydenga mudofaa zonasining xalqaro qonunchilikka javob berishini ma’lum qilib, AQShdan masalaga obyektiv ravishda qarashni so’ragan.

Bayden masalani Xitoy bosh vaziri Li Ketsyan bilan ucharshuv chog’ida ham muhokama qilgan.

Xitoy Yaponiya boshqaruvi ostidagi orollarni havo mudofaa zonasi deb e’lon qilib, hudud uzra uchib o’tmoqchi bo’lgan harbiy va yo’lovchi samolyotlar Xitoyga rejasini avvaldan ma’lum qilishi kerak degan talabni olg’a surgan. AQSh, Yaponiya va Janubiy Koreya zonani tan olmasligini bildirgan.

Baydenning aytishicha, Pekin hududda anglashilmovchilik va tasodif tufayli yuz berishi mumkin bo’lgan fojia ehtimollarining oldini olish uchun chora ko’rishi lozim.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG