AQSh: "Islomiy davlat"ga qarshi kurash davom etadi

  • Amerika Ovozi

AQSh Vitse-prezidenti Jo Bayden Iroqda "Islomiy davlat" deb atalmish ekstremistlar guruhiga qarshi operatsiyalar to'xtab qolgani haqidagi da'volarni rad etmoqda.

Harbiy amaliyotlarga Eron va uning qo'li ostidagi shia guruhlar yetakchilik qilayotgani borasidagi gaplar ham asossiz, deydi u.

Iroq Bosh vaziri Haydar al-Abadiy kelasi hafta Vashingtonga tashrif buyuradi.

"Islomiy davlat"ning minglab a'zolari va yetakchilari o'ldirilgan. Ta'minot yo'llari, bomba yasovchi markazlari, qurol omborlari va tekshiruv punktlari yo'q qilingan. Guruh safida norozilik kuchayayotgani, ayrim jangchilar uni tark etayotgani haqida xabarlar kelmoqda", - deydi AQSh vitse-prezidenti.

"G'alaba nog'orasini chalishga hali erta. Lekin "Islomiy davlat" yengilmas ekani haqidagi tasavvurlar o'zgargani juda muhim", - deya qo'shadi u.

Jo Baydenga ko'ra, jihodchilarga qarshi kurash Iroqda sunniy, shia va kurdlarni bir yoqadan bosh chiqarishga undamoqda. AQSh va ittifoqchilar havo hujumlarini davom ettiradi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG