Bayden: Ukrainaga Rossiya agressiyasiga qarshi kurashda yordam beramiz

  • Amerika Ovozi

AQSh Vitse-prezidenti Jo Bayden Brukings institutida Rossiyaning Ukrainadagi siyosati haqida so'zlamoqda, Vashington, 27-may, 2015-yil

AQSh Vitse-prezidenti Jo Bayden Brukings institutida Rossiyaning Ukrainadagi siyosati haqida so'zlamoqda, Vashington, 27-may, 2015-yil

AQSh Vitse-prezidenti Jozef Baydenning aytishicha, Qo'shma Shtatlar Ukrainaga Rossiya bosqiniga qarshi kurashda yordam berishga tayyor. Bayden bu haqda Vashingtondagi Brukings tahlil markazida so'zladi.

"Ukrainani qo'llab-quvvatlash mamlakat kelajagi uchun, Yevropa xavfsizligi kelajagi uchun, xalqaro tartib kelajagi uchun muhim", - dedi Bayden.

Biroq, deydi u, Ukraina buning uchun islohotlar yo'lidan og'masligi lozim.

"Minsk bitimi shartlari to'liq bajarilmaguncha, AQShning Rossiyaga qo'yilgan sanksiyalari bekor qilinmaydi", - dedi Amerika vitse-prezidenti.

Fevral oyida Fransiya, Germaniya, Ukraina, Rossiya va Ukraina sharqidagi isyonchilar imzolagan hujjat harbiy harakatlarni bas qilishni, og'ir qurollar va xorijiy jangchilarni mojaro zonasidan olib chiqishni ko'zda tutadi.

"Qo'shma Shtatlar Rossiya agressiyasi natijasida vujudga kelgan gumanitar fojiani hal etishda ham yordam beradi", - dedi Bayden.

Unga ko'ra, Rossiya Yevropadagi gegemon pozitsiyasini kuchaytirishga harakat qilmoqda.

"Vladimir Putin prezidentlikka qaytganidan beri qattiq o'zgardi, qo'shni davlatlar suverenitetiga beparvo bo'ldi. Putin o'zgarib, dunyo ham o'zgardi, demak bizning siyosatimiz ham o'zgaradi. Rossiya dunyoga fosh qilishda davom etamiz", - dedi Bayden.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG