Osama bin Ladenning hujjatlari ommaga oshkor etildi

  • Amerika Ovozi

Osama bin Laden

Osama bin Laden

AQSh maxsus kuchlari 2011-yilda Pokistonning Abbotobod shahrida al-Qoida asoschisi Osama bin Ladenga qarshi operatsiya paytida qo'lga kiritgan ayrim hujjatlar ommaga oshkor etildi.

Masalan, al-Qoidaga qabul qilish arizasida “Suiqasd xurujni amalga oshirishga tayyormisiz?", "Sizning jihod rejangiz nimadan iborat?", "Shahid bo'lsangiz, yaqinlaringizdan kim bilan bog'lanishimiz mumkin?", "Yaqinlaringiz, do'stlaringiz orasida hukumat xodimlari bormi? Agar bo'lsa, ular biz bilan hamkorlik qilishga tayyormi?" degan savollar borligi ma'llum bo'ldi.

Bin Laden amaliyot paytida o'ldirilgan edi.

Minglab hujjatlar orasida bin Ladenning o'g'li Hamzaga yozgan shaxsiy xatlari ham bor.

“Dunyo mujohidlarining maqsadi o'nlab, yuzlab, minglab amerikalik va boshqa g'arblik kofirlarni, qayerda bo'lmasin, o'ldirishdir", deyiladi bin Laden qalamiga mansub qo'lyozmalarning birida. U o'zining safdoshiga yozgan bir xatida arab dunyosidagi inqiloblar va xalq qo'zg'olonlarini olqishlaydi.

“Bu buyuk voqealar butun musulmon dunyosini qamrab olib, musulmon yerlarining Amerika hukmronligidan ozod bo'lishiga olib keladi. Keyingi bosqichda xalifalikni tiklash zarur", degan al-Qoida rahbari.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG