Vashington Post: Al-Qoida Barak Obamani o'ldirishni rejalagan

  • Amerika Ovozi

Osama bin Laden yashagan uy hozirga kelib buzib tashlandi

Osama bin Laden yashagan uy hozirga kelib buzib tashlandi

“Vashington Post” (The Washington Post) gazetasining yoritishicha, al-Qoida yetakchisi Osama bin Laden tiriklik paytida prezident Barak Obama va o’sha paytda Afg’onistonda xalqaro koalitsiyaga qo’mondonlik qilgan general Deyvid Petreusni o’ldirmoqchi bo’lgan.

Osama bin Laden yashagan uydan chiqqan qog’ozlarda bu reja o’z aksini topgan, deya yozadi Deyvis Ignatius, bu mavzuda uzoq izlangan jurnalist.

Bin Laden yozgan maktublarda, Barak Obama halok bo’lgach Oq Uy vitse-prezident Jo Bayden qo’liga o’tishi haqida gap ketadi. Bayden layoqatsiz rahbar bo’ladi, deya bitgan Osama bin Laden.

Osama bin Laden 2011-yilning may oyida Pokistonning Abbotobod shahridagi uyida AQSh maxsus kuchlari tomonidan o'ldirilgan

Osama bin Laden 2011-yilning may oyida Pokistonning Abbotobod shahridagi uyida AQSh maxsus kuchlari tomonidan o'ldirilgan

Barak Obamani o’ldirish vazifasini Al-Qoida rahbari Kashmirdan chiqqan yetakchi terrorist Ilyos Kashmiriyga topshirgan. Kashmiriy o’tgan yilning iyun oyida AQSh havo hujumlarida o’ldirilgan.

Osama bin Laden chet eldagi hamkorlarga bitgan xatlarida al-Qoida Iroq va Afg’onistonda xurujlarni bas qilib, asosiy diqqatini Amerikaning o’ziga qaratishi va aynan hukumatdagi odamlarni nishonga olishi kerak deb undagan.

Al-Qoida musulmonlarni o’ldirmasligi kerak, e’tibor kofirlarda bo’lsin deyiladi Pokistonning Abbotobod shahridagi hovlidan olib chiqilgan materiallarda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG