O'shda yangi gazeta chiqa boshladi, o'zbek va qirg'iz tillarida


Gazeta "Biz"

Gazeta "Biz"

Qirg’izistonda etnik nizolarga sahna bo'lgan O'sh viloyatida yangi bir nashr chiqa boshladi. “Biz” deb nomlangan ushbu gazeta qirg'iz va o'zbek tillarida nashrdan chiqmoqda.

Ko’ngilochar ijtimoiy oilaviy ro’znoma bag’rikenglik va elatlararo ahillikni tarannum etadi.

“Biz” O’shdagi “Intimoq” teleradiokompaniasi qoshida chiqmoqda. Bu kanal esa ikki yil muqaddam qirg’iz hukumati hamda xalqaro tashkilotlar hamkorligida ochilgan bo’lib, qirg’iz, rus va o’zbek tillarida faoliyat yuritadi.

Ro’znomaning o'zbek muharriri Davron Nasipxonov deydiki, hozircha gazeta bir ming uch yuz nusxada chiqarilayotgan bo’lib, kelajakda yangi imkoniyatlar, moliyaviy buloqlar topish niyatida.

2010-yilgi qirg'in ortidan Qirg'izistonda o’zbek tilida axborot beradigan vositalar safi kamayib ketgan.

Tafsilotlar O'shdan uzatilgan reportajimizda:

XS
SM
MD
LG