AQSh yetakchi diplomati Toshkentda rasmiylar va sudlangan jurnalist bilan uchrashgan

  • Amerika Ovozi

AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo’yicha muovini Robert Bleyk 9-10 noyabr kunlari O'zbekistonda bo'ldi.

AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo’yicha muovini Robert Bleyk 9-10 noyabr kunlari O'zbekistonda bo'ldi.

AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo’yicha muovini Robert Bleyk kecha va bugun Toshkentda bo’lib, rasmiylar bilan uchrashgan. AQSh-O’zbekiston munosabatlari, jumladan regional xavfsizlik, siyosiy va iqtisodiy masalalar kun tartibida bo’lgani ma’lum.

Janob Bleyk kecha “Amerika Ovozi” ning Toshkentdagi jamoatchi muxbiri, Malik Mansur taxallusi bilan qalam tebratib kelgan Abdumalik Bobayev bilan ham ko’rishgan. Muxbirimiz yaqinda to’rt ayblov bilan sudga tortilgan edi. Mirzo Ulug'bek tuman sudi uni haqorat, tuhmat va aholi orasida vahima uyg'otuvchi, jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi xabarlar tarqatganlikda aybdor deb topib, 15 million 72 ming so’m miqdorida jarima belgilagan edi.

Abdumalik Bobayev o’zini aybsiz deb biladi. “Amerika Ovozi” ham muxbiri professional ravishda faoliyat yuritganini qayd etadi. Hozirda ish apellyatsiya sudiga oshirilgan va masala 12 noyabr kuni ko’rib chiqishi kutilmoqda.

"Men sudda o'zimga berilgan so'nggi so'zda aytib o'tdim, ya'ni bu ayblovlar mutlaqo asossiz va ularni rad etaman. Jurnalist sifatida faqat o'z vazifamni bajarganman. Mamlakatdagi muammolarni iloji boricha obyektiv yoritganman xolos",- deydi Abdumalik Boba

"Men sudda o'zimga berilgan so'nggi so'zda aytib o'tdim, ya'ni bu ayblovlar mutlaqo asossiz va ularni rad etaman. Jurnalist sifatida faqat o'z vazifamni bajarganman. Mamlakatdagi muammolarni iloji boricha obyektiv yoritganman xolos",- deydi Abdumalik Boba

Abdumalik Bobayev AQSh yetakchi diplomati bilan uchrashuvni shunday tasvirlab beradi:

"Uchrashuvda asosan mening sud jarayonim va O'zbekistonda so'z va matbuot erkinligi bilan bog'liq vaziyat haqida gap bordi. Janob Bleyk mening ustimdan boshlangan tergov jarayoni AQSh tomonidan diqqat bilan kuzatilgani va bundan keyingi jarayonlar ham diqqat markazida bo'lishini aytdi. U Toshkentda o'tgan muzorakaralari chog'ida O'zbekiston rasmiylari bilan mening taqdirim haqida gaplashganini aytdi. Men o'z navbatida apellyatsiya jarayoniga tayyorgarlik ko'rayotganim haqida ma'lum qildim. AQShni meni qo'llab quvvatlayotgani uchun o'z minnatdorchiligimni izhor qildim.

Men O'zbekistonda so'z erkinligi bilan bo'gliq vaziyat yomonlashayotganini, nafaqat menga balki boshqa bir necha jurnalistga nisbatan ham bosim borligi, ularga nisbatan ham jinoiy ish rejalanayotganini aytdim. Bleyk janoblari O'zbekiston bilan hamkorlik qilishda AQSh hamisha inson huquqlari va so'z erkinligi masalasiga alohida ahamiyat qaratib kelayotganini ta'kidladi. O'zbekiston rasmiylari bilan o'tgan har bir uchrashuvda bu mavzular ko'tarilishini va muloqotlar davom etayotganini bildirdi. Bleyk janaoblarining safari va uchrashuvlar apellyatsiya jarayoniga ijobiy ta'sir o'tkazishi mumkin degan umiddaman".

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG