AQSh yetakchi diplomati Turkmaniston va Qirg'izistonga boradi

  • Amerika Ovozi

Robert Bleyk, AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo'yicha muovini

Robert Bleyk, AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo'yicha muovini

Robert Bleyk, AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo'yicha muovini, kelasi hafta, 15-16 yanvar kunlari Turkmaniston va Qirg'iziston rahbarlari bilan muzokaralar olib boradi.

15-yanvar kuni Bleyk Ashgabatda Turkmaniston rasmiylari bilan energetika, iqtisodiy hamkorlik va sarmoya xususida gaplashadi.

Inson huquqlari va demokratiya, chegara va xavfsizlik bobida ham keng qamrovli muloqot kutilmoqda, deya eslatadi diplomatlar.

Ularning aytishicha, Bleyk AQShning Ashgabatdagi elchixonasida davra suhbati o'tkazib, turkman fuqaro jamiyati vakillari dardini tinglaydi.

16-yanvar kuni esa Bishkekda Amerika-Qirg'iziston yillik maslahat kengashi bo'lib o'tadi.

Kun tartibidagi masalalar: mintaqaviy xavfsizlik, demokratiya va qonun ustuvorligi, inson huquqlari, energetika, qoradori savdosiga qarshi kurash, ta'lim, almashinuv dasturlari, iqtisodiy hamkorlik va savdo.

Muzokara ketidan Bleyk Qirg'iziston fuqaro jamiyati a'zolari bilan gaplashadi, so'ngra esa matbuot anjumani ko'zlangan.

So'ngra Germaniyaga borib, Garmish shahrida o'tadigan anjumanda so'zlaydi. Jorj Marshall nomidagi Xavfsizlik bo'yicha Yevropa markazi kelasi hafta seminar o'tkazadi. Markaziy Osiyo va boshqa mintaqalardan maxsus delegatsiyalar kutilmoqda.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG