Blinken: Koalitsiya va Iroq 10 mingdan ziyod jangarini yo'q qildi

  • Amerika Ovozi

AQSh davlat kotibining muovini Entoni Blinkenning aytishicha, xalqaro koalitsiya havo zarbalari hamda Iroq armiyasi hujumlari oqibatida "Islomiy davlat"ning 10 mingdan ziyod jangchisi o'lgan.

Kecha Blinken Parijda Fransiya tashqi ishlar vaziri va Iroq bosh vaziri bilan shu mavzuda gaplashgan.

AQSh yetakchiligidagi koalitsiya avgust oyidan beri jangarilarni havodan nishonga olib keladi. Sentabrdan boshlab esa Suriyada ham hujumlar boshlangan.

Koalitsiya kuniga o'rtacha 14 tadan hujum uyushtirmoqda. Buning natijasida Iroq kuchlari ayrim hududlarni jangarilardan tortib olgan.

"Islomiy davlat" Anbar viloyatini nazorat qilmoqda. O'tgan oy viloyat poytaxti Ramadi shahri ularning qo'liga o'tdi.

Iroq Bosh vaziri Haydar Abadiy koalitsiyadan yetarlicha yordam olinmayotganlikda shikoyat qildi. Uning aytishicha, jangarilar safiga xorijdan ko'ngillilar qo'shilshda davom etmoqda, chegaralar mustahkam emas.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG