Boeing 787 parvozdan olindi

  • Amerika Ovozi

Jahon aviatsiya rasmiylari Boeing 787 yo’lovchi samolyotini xavfsizlik qoidalariga javob bermaydi deya, vaqtincha parvozdan olgan.

Amerika, Yaponiya, Chili, Hindiston va Yevropada bu samolyotlar xizmatidan kechilgan.

Hozir qator davlatlarda Dreamliner deya atalmish 50 dona shunday samolyot bo’lsa, 39 tasi uchmay qo’ydi.

Xususan, bu vositalarda parvoz paytida batareyalar o’ta qizib ketishi, tormoz yaxshi ishlamasligi kabi muammolar qayd etilgan.

Boeing kompaniyasi nazarida 787 rusumidagi bu model kamroq yoqilg’i talab qiladi va tejamkor.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG