Nigeriyada jangarilar yuzdan ziyod odamni qirgan

  • Amerika Ovozi

"Boko Haram"ga qarshi olishayotgan Nigeriya askarlari.

"Boko Haram"ga qarshi olishayotgan Nigeriya askarlari.

Nigeriya shimoli-sharqida "Boko Haram" jangarilari amalga oshirgani taxmin qilinayotgan hujumda kamida 150 odam o'lgan.

Kukava shahrida jangarilar masjidga bositirib kirib, odamlarni ota boshlagan. Keyin xonadonma-xonadon yurib oddiy fuqarolarni o'ldirgan.

Bu hujumda o'lganlar 97 odam.

Monguno shahrida esa qurollangan kishilar ayollar va erkaklarni tizib qo'yib, otgan. Bu hamlada nobud bo'lganlar 48 kishi.

Har ikki shahar Borno shtatida. "Boko Haram" jangarilari ayniqsa shu shtatda faol.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG