Farg’ona vodiysi haqida yangi kitob

  • Amerika Ovozi

Farg’ona vodiysi haqida yangi kitob

Farg’ona vodiysi haqida yangi kitob

Vashingtonda taqdim etilgan yangi bir kitob “Farg’ona vodiysi – Markaziy Osiyo o’zagi” deb nomlanadi. Uning ustida 30 olim ishlagan, 27 nafari O’zbekiston, Tojikiston va Qirg’iziston mutaxassislari.

Ingliz tilida nashrdan chiqqan bu asar 14 bo’limdan iborat va Farg’ona vodiysi tarixi, geografiyasi, suv taqsimoti, chegaralar, til, madaniyat va din kabi munozarali mavzularni qamraydi.

1989-yilgi mesxeti turklari va qo’shnilar to’qnashuvi, O’shda 1990-yilgi o’zbek-qirg’iz mojarosi, 1992-yilda Namangandagi diniy chiqishlar, Batken, Andijon fojealari haqida gap ketganda ba’zilar uzoq asrlik etnik adovatni sabab qilsa, boshqalar hukumatlar siyosatini ayblaydi.

Asar bosh muharriri, Vashingtondagi Jons Xopkins Universiteti professori Frederik Starr so’zlariga ko’ra, ushbu kitob vodiy ahli, hayoti, siyosati, madaniyat va dinini bog’lagan holda umumiy manzarani tasvirlaydi.

Farg’ona vodiysi haqida yangi kitob

Farg’ona vodiysi haqida yangi kitob

Qo’shni uch davlat olimlarining sharhi Farg’ona vodiysini xolisroq tushunishga yordam beradi.

Professor Starrning aytishicha, bu kitob yuzaga kelishida Tojikiston Fanlar Akademiyasi olimi Po’lat Shozimov, O’zbekistondagi Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universiteti professori Inomjon Boboqulov va Qirg'izistondan, xususan O’shdan chiqqan akademik Baktibek Beshimov muhim rol o’ynagan.

Tojikiston, O’zbekiston va Qirg’iziston olimlari quyidagi savollarga javob izladi: Farg’ona vodiysidagi bugungi ahvol ortida qanday omillar turibdi? Uch davlat kesishadigan bu mintaqada boshqaruv qanday?

Chegara bilan bog’liq muammolarni qanday hal etish mumkin? Vodiy haqiqatdan ham diniy radikalizm beshigimi? Din aholi turmushida qanday aks etadi? Ta’lim va boshqa muhim sohalar qanday yo’lga qo’yilgan? Rahbarlar vodiyni qanday idora etadi va etishga urinadi?

Farg’ona vodiysi haqida yangi kitob

Farg’ona vodiysi haqida yangi kitob

Murakkab, bahsli boblar xususida to’xtalar ekan, Frederik Starr vodiyda chegara va suv taqsimotini tilga oladi.

Ushbu ikki mavzu siyosiy jihatdan o’ta nozik ekani sababli, Rossiyadan Etnografiya va Antropologiya Instituti professori Sergey Abashin va Shveysariyadan doktor Kristin Bishelga murojaat qilingan.

Moskvalik Abashin Sovet Ittifoqi davrida tortilgan chegaralar va bugungi bahslar, Bishel xonim esa Farg’ona suv zaxiralari, xususan, 45 kunda bitkazilgan Katta Farg'ona Kanali haqida yozgan.

“Asar o’tgan yilning yozida O’sh va Jalol-Obodda ro’y bergan qirg’in, 2005-yilgi Andijon fojeasi, Batkenda O’zbekiston Islomiy Harakati a’zolari bilan kechgan janglar, 1990-yilgi O’sh voqealari ortidagi o’zlik, millatchilik, din va siyosiy omillarni yoritadi”, - deydi Starr.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG