Breaking News

AQSh ichki xavfsizlik vaziri qattiqroq choralar tarafdori


AQSh Ichki xavfsizlik vaziri Jon Kelli Jorj Vashington universiteti talabalari oldida so'zlamoqda, Vashington shahri, 18-aprel, 2017-yil
AQSh Ichki xavfsizlik vaziri Jon Kelli Jorj Vashington universiteti talabalari oldida so'zlamoqda, Vashington shahri, 18-aprel, 2017-yil

AQSh Ichki xavfsizlik vaziri Jon Kelliga ko’ra, mamlakat va chegara xavfsizligini ta’minlash uchun qattiqroq choralar ko’rish kerak. Ayrimlar vazirni haddan tashqari qattiqqo’llikda ayblamoqda.

“Yurtimiz hujum ostida. Bizdan nafratlanganlar, erkinligimiz, qonunlarimiz, qadriyatlarimiz, turmush tarzimizni ko’ra olmayotganlar xavf solmoqda”, - dedi vazir Jorj Vashington universiteti talabalari oldida qilgan chiqishida.

Unga ko’ra, yangi siyosat natija bermoqda - Amerikaning janubi-g’arbiy chegarasini o’tgan yilga qaraganda 64 foizga kamroq noqonuniy muhojir kesib o’tgan.

“Bu cho’llarda kamroq odamlar qurbon bo’ldi degani hamdir”, - dedi Kelli.

Uning aytishicha, “Islomiy davlat” to’dasi kabi terror guruhlari jangarilariga qarshi kurashni ham kuchaytirish kerak.

“Ularning bir qismi mojaro zonalaridan yurtiga qaytib, Yevropa, Osiyo, Mag’rib, Karib dengizi mintaqasi va Amerikada xurujlar uyushtirishi mumkin”, - deydi AQSh ichki xavfsizlik vaziri.

Unga ko’ra, terror guruhlari va jinoiy to’dalar kontrabandani Amerikaga olib kirish yo’llarini mukammallashtirgan, demak ulardan taralayotgan tahdid ham ancha kuchaygan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG