Sobiq chechen harbiysi Nemtsovning o'limiga aloqadorligini tan oldi

  • Amerika Ovozi

Tamerlan Eskerxanov, Shagid Gubashev, Ramzan Baxayev Moskva sudida.

Tamerlan Eskerxanov, Shagid Gubashev, Ramzan Baxayev Moskva sudida.

Rossiya sudining bildirishicha, chechenistonlik sobiq harbiy Zaur Dadayev rus muxolifatchisi Boris Nemtsovning o'limiga aloqadorligini tan olgan.

Politsiya bu ish yuzasidan gumon qilinayotgan yana to'rt kishini so'roq qilayapti. Besh nafari Moskva sudiga olib kelingan.

Muxolifat vakili, Putin ma'muriyatining tanqidchisi Boris Nemtsov 27-fevral kuni kechqurun Kreml yaqinida otib o'ldirilgan edi.

Sudya Natalya Mushnikovaning aytishicha, Checheniston politsiyasi rahbari sobiq muovini Dadayev aybiga iqror bo'lgan. Yana bir shaxs, Moskvadagi xususiy xavfsizlik firmasi xodimi Anzor Gubashev ayblovni tan olishdan bosh tortmoqda.

Hibsdagi boshqa shaxslar Shagid Gubashev, Ramsat Baxayev va Tamerlan Eskerxanovlar.

Huquq-tartibot xodimlari Checheniston poytaxti Grozniyda yana bir kishini ushlashga urinayotganida u o'zini portlatib o'ldirgan.

Garchi bir necha odam qotillikka aloqadorlik aybi bilan ushlansa-da, voqea ortidagi sabablar, asosiy buyurtmachilar hanuz noma'lum. Nemtsovning yaqinlari nazarida uni Rossiya hukumatidagilar o'ldirgan va shu tariqa muxolif fikrdagilarni qo'rqitishga harakat qilayapti.

Prezident Putin Nemtsovning o'ldirilishini provokatsiya-ig'vo deya ta'rifladi. U aybdorlarni topib jazolashga va'da bermoqda.

O'ldirilgan haftasi Nemtsov Moskvada yirik namoyishlarga yetakchilik qilishi kutilayotgan edi. Bu voqeadan bir necha hafta oldin Rossiya matbuotiga bergan intervyusida muxolifatchi Putin uning o'limini istashini taxmin qilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG