Breaking News

Sarnayevning qozog'istionlik do'sti olti yilga qamaldi


Sud paytida chizilgan surat. O'rtada Joxar Sarnayev tasvirlangan
Sud paytida chizilgan surat. O'rtada Joxar Sarnayev tasvirlangan

2013-yilda Bostondagi marafon paytida sodir etilgan xurujlarda aybdor deb topilgan Joxar va Tamerlan Sarnayevning do'sti, 21 yashar Qozog'iston fuqarosi Dias Qodirboyev tergovga halaqit bergani uchun olti yilga qamaladi.

Qodirboyev sudda qilmishi uchun uzr so'ragan. U xurujdan so'ng Sarnayevning mushaklar joylangan ryukzagini yotoqxonadan boshqa joyga ko'chirganlikda, aka-uka Sarnayevlar jinoyat sodir etganini bilib, politsiyaga xabar bermaganlikda aybdor topilgan.

Qoralovchilar Qodirboyevga yetti yil qamoq jazosi so'ragan edi. Sarnayevlarning yana ikki do'sti o'xshash ayblovlar bilan sud qilingan. Ulardan biri ham qozog'istonlik. Hukm juma kuni o'qiladi.

Har ikki qozog'istonlik talaba edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG