Mishel Temer - Braziliyaning muvaqqat prezidenti

  • Amerika Ovozi

Braziliyaning muvaqqat Prezidenti Mishel Temer

Braziliyaning muvaqqat Prezidenti Mishel Temer

Braziliyaning muvaqqat prezidenti sifatida Mishel Temer 13-may kuni ish boshladi. Prezident Dilma Russef byudjetni noqonuniy o'zgartirganlik aybi bilan impichmentga uchrab, hokimiyatdan chetlatilgach, Vitse-prezident Temer uning o'rnini egalladi.

Russeff o'zining aybsiz ekanini da'vo qilmoqda. Prezidentlikdan mahrum bo'lgach, u poytaxt ko'chalarida o'z tarafdorlari bilan norozilik namoyishi o'tkazdi.

Temer oldida hozir mamlakatni iqtisodiy turg'unlikdan olib chiqish va nafaqa tizimini isloh qilish kabi muhim vazifalar turibdi.

"Braziliya xalqiga aytadigan birinchi so'zim - ishoning. Xalqimiz qiyofasini belgilab beradigan qadriyatlarga ishoning. Demokratyaning muhimligiga, mamlakatimiz iqtisodiyotini qayta tiklay olishimizga ishoning", - dedi prezident vazifasini bajaruvchi Temer.

Yangi rahbar oldida Zika virusini bir yoqli qilish masalasi ham turibdi. Braziliya yozgi Olimpiya o'yinlarini o'tkazishga tayyorlanar ekan, xalqaro hamjamiyat mamlakatda Zika virusining kuchayayotganidan xavotirda. Ayrimlar olimpiadani qoldirishni ham taklif qilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG