Braziliya namoyishlar domida, hukumatda favqulodda majlis

  • Amerika Ovozi

Braziliya prezidenti Dilma Russef mamlakatni qamrab olgan norozilik namoyishlariga yechim topish uchun hukumatda favqulodda majlis o’tkazmoqda.

Braziliyaning o’nlab shaharlarida kechaning o’zida qariyb bir million odam ko’chalarga chiqqan.

Politsiya ularni tarqatish uchun ko’zni yoshlantiruvchi gazni ishga solgani aytiladi. Namoyishchilar poytaxt Braziliyada tashqi ishlar vazirligi binosiga bostirib kirib, o’t qo’yishga uringan.

Bu oxirgi 20 yilda mamlakat yuzlashayotgan eng yirik g’alayon.

Prezident Russef mojaroni hal qilish yo’llarini izlar ekan, kelasi hafta Yaponiyaga rejalangan safarini bekor qildi.

Namoyishchilar avvaliga yo’lkira keskin oshganidan norozi bo’lib chiqqan edi.

Hozir fuqarolar mamlakatda xizmat ko’rsatish sifati o’ta past ekani, soliqlar oshib, poraxo’rlik tobora avj olayotganidan shikoyat qilayapti.

Odamlar hukumatning futbol bo’yicha jahon kubogi va olimpiya o’yinlarini o’tkazish uchun milliardlab dollar xarajat qilish rejasidan ham g’azabda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG