Boltiqbo'yi davlatlari: Britaniya Yevropa Ittifoqidan chiqmasin

  • Amerika Ovozi

Region davlatlari NATO birligiga, Yevropa Ittifoqi muammolarini hal eta olishiga umid bilan qaramoqda.

Region davlatlari NATO birligiga, Yevropa Ittifoqi muammolarini hal eta olishiga umid bilan qaramoqda.

23-iyun kuni Buyuk Britaniyada Yevropa Ittifoqidan chiqish masalasi bo'yicha referendum o'tkaziladi. Siyosiy tahlilchilarga ko'ra, agar mamlakat ittifoqni tark etsa, Boltiqbo'yi davlatlari bundan zarar ko'rishi mumkin. Mintaqa mamlakatlari Rossiyani agressiv siyosatda ayblarkan, Estoniya, Latviya va Litvaning xavotirlari kuchaygan.

“Britaniya ittifoqdan chiqsa, Boltiqbo'yi davlatlari va Polshaning Rossiya bilan aloqalarni yumshatish da'vatlariga qarshiligi susayadi", - deydi Rossiya Fanlar akademiyasi qoshidagi Yevropa Institutidan Aleksey Gromiko.

Bu mamlakatlar Rossiyani Ukrainaga qo'shin yuborib uni beqarorlashtirganlikda ayblar ekan, NATO a'zolari bo'lishiga qaramay, ular Kremlning navbatdagi nishoni bo'lishdan tashvishlanmoqda.

Budapeshtdagi Siyosiy kapital instiuti tahlilchisi Peter Krekoning aytishicha, NATO mintaqada harbiy salohiyatini oshirmoqda, demak, mamlakatlar mudofaa uchun ko'proq pul ajratishga majbur bo'ladi.

“Britaniya Yevropa Ittifoqini tark etsa, bundan NATO ichidagi hamkorlikka ham zarar, mintaqa davlatlari uchun siyosiy va iqtisodiy tomondan og'iri tushadi”, - deydi u.

Boshqa kuzatuvchilar buning NATOga ta'siri yo'q desa-da, AQSh va Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi birligi zarar ko'radi, deydi.

“Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqi tarkibida hamisha Amerikaga eng xayrixoh mamlakat bo'lgan. Boltiqbo'yi davlatlari, Polsha va Sharqiy Yevropadagi boshqa mamlakatlar Amerikaning Yevropa siyosatiga ta'siri tushishidan emas, kuchayishidan manfaatdor", - deydi Moskvadagi Karnegi markazidan Aleksandr Baunov.

Region davlatlari NATO birligiga, Yevropa Ittifoqi muammolarini hal eta olishiga umid bilan qaramoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG