Shotlandiyada ko'plar Britaniyadan ajralishni istaydi

  • Amerika Ovozi

Shotlandiya va Britaniya bayroqlari

Shotlandiya va Britaniya bayroqlari

Britaniya o'tgan oy Yevropa Ittifoqidan chiqishga qaror qildiyu, endi Shotlandiya hukumati o'z mustaqilligi masalasini referendumga qo'ymoqchi.

Oxirgi so'rovlarga ko'ra, aksariyat shotlandlar Britaniyadan ajralib, Yevropa Ittifoqi tarkibida qolishni istaydi. Holbuki, ikki yil oldin Shotlandiyada mustaqillik istiqboli referendumga qo'yilgan va yurt ahli Britaniyada qolishga ovoz bergan edi.

Pamela Jenkins turmush o'rtog'i va ikki o'g'li bilan Edinburg yaqinida yashaydi.

Yevropa Ittifoqi tarkibida ekanimizda farzandlarim uchun imkoniyatlar keng edi, lekin Britaniya ittifoqni tark etishga qaror qildiyu, umidlarim puchga chiqdi, deydi u.

"Irqchilik, millatchilik va vahima kabi qo'rqinchli sabablar bois men yashayotgan mamlakat ittifoqdan ketishga qaror qilgani dahshatli, - deydi ayol. - Birlashgan qirollikni avvalgiday ajoyib bir yurt deb bilmayman".

Jenkins o'zini millatchi deb hisoblamaydi. Lekin Shotlandiya istiqloli masalasi yana bir bor referendumga qo'yilsa, Britaniyani emas, Yevropani tanlashini aytadi. "Farzandlarim yakkalanib qolgan Britaniyada emas, Yevropa Ittifoqida voyaga yetishsin", - deydi u.

So'ralganlardan 60 foizi mustaqillik tarafdori

Jenkins yolg'iz emas. Breksitdan keyin o'tkazilgan so'rov natijalariga ko'ra, shotlandiyaliklarning 60 foizi mustaqillikka moyil. 2014-yilgi referendumda bu raqam 45 foiz edi.

Edinburg universiteti talabasi Ben Nisbet ham o'sha referendumdan beri bugun fikri o'zgargan. Uning aytishicha, yoshlar Yevropa Ittifoqi tarkibida bo'lishdan faqat foyda ko'rdi, misol uchun, vizasiz safar qildi.

Yevropa Ittifoqiga doir saylovlar o'zlik, istiqlol va demokratiya bobida bahslarni avj oldirib yubordi. Britaniya mustaqil bo'lishni tanladiyu, biroq evaziga Shotlandiyani qo'ldan boy berishi va parchalanishi hech gapmas.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG