Afg’on tilmochlar Britaniyada panoh topadi

  • Amerika Ovozi

Britaniya hukumatining bildirishicha, Afg’onistonda ingliz askarlari bilan ishlab, tarjimonlik qilgan qariyb 600 afg’on Britaniyada panoh topishi mumkin.

Taklifga ko’ra, frontda kamida bir yil xizmat qilgan tilmochlar va ularning oila a’zolariga besh yillik viza beriladi.

Ular Britaniyaga ko’chishi va ish topishida ko’maklashiladi.

Afg’onistonda xorij qo’shinlariga xizmat qilgan mutaxassislar toliblar o’ljasiga aylanishi mumkin, degan xavotir bor.

Yordamga loyiq ko’rilgan, ammo Afg’onistonda qolishni afzal ko’rgan tarjimonlarga besh yillik trening va ta’limiy madad hamda ish haqi beriladi.

Britaniya Bosh vaziri Deyvid Kameron bu yordam dasturini e’lon qilar ekan, askarlar bilan bir safda xolis xizmat qilgan insonlarni unutmaslik kerak, dedi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG