Britaniyada tarixiy referendum

  • Amerika Ovozi

Ommaviy so’rovlar Yevropa Ittifoqida qolish va undan ajralib chiqish tarafdorlari deyarli teng ekanini ko’rsatmoqda. 

Ommaviy so’rovlar Yevropa Ittifoqida qolish va undan ajralib chiqish tarafdorlari deyarli teng ekanini ko’rsatmoqda. 

Bugun, 23-iyun Britaniyada tarixiy referendum. Mamlakat Yevropa Ittifoqida qolish-qolmasligi kun oxiriga borib ma’lum bo’ladi. Saylov komissiyasiga ko’ra, qariyb 46,5 million odam bu masala yuzasidan ovoz berish huquqiga ega.

Ommaviy so’rovlar Yevropa Ittifoqida qolish va undan ajralib chiqish tarafdorlari deyarli teng ekanini ko’rsatmoqda.

Har ikki tomon bir necha oy davomida shiddatli kampaniya olib bordi. Eng ko’p bahs qilingan mavzu bu - immigratsiya. 2000-yildan buyon Britaniyaga yashash uchun kelganlar soni ikki karra oshgan. “Chiqishga ovoz bering” harakati nazarida, mamlakat o’z chegaralari ustidan nazoratni boy bergani sharmandalik.

Bosh vazir Deyvid Kameron Yevropa Ittifoqida qolish uchun targ’ibot olib bordi. 28 a’zoli blokdan chiqadigan bo’lsak, Britaniya iqtisodiyoti uchun katta zarba bo’ladi, deydi u.

So’rovlar shuni ko’rsatmoqdaki, bosh vazir bilan hamfikr bo’lgan qonunchi ayol Jo Koksning o’ldirilishi integratsiya tarafdorlariga qo’l kelishi mumkin. Bu voqea ketidan saylov kampaniyasida tanaffus e’lon qilingan edi.

Eslatib o’tamiz, Britaniya mehnat muhojirlariga doir qonun-qoidalarni keskinlashtirish yuzasidan Yevropa Ittifoqi bilan kelisha olmagani bois referendum o’tkazishga qaror qilgan edi.

Kuzatuvchilarga ko’ra, agar fuqarolar ittifoqni tark etish uchun ovoz bersa, Bosh vazir Deyvid Kameron iste’fo berishga majbur bo’ladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG