Britaniyada qonunchi o'limi ketidan targ'ibot ishlari to'xtagan

  • Amerika Ovozi

Londonda qonunchilar marhum safdoshlarini xotirlamoqda

Londonda qonunchilar marhum safdoshlarini xotirlamoqda

Britaniya parlamenti a'zosi, Vest Yorkshir shahrida bir necha bor otib, pichoqlab ketilgan Jo Koks vafot etdi.

Leyboristlar partiyasi vakilasi mahalliy aholi bilan ko'rishish uchun ko'chada ketayotganida 50 yoshlardagi erkak unga hujum qilgan.

Uning o'limi bois Britaniya Yevropa Ittifoqida qolish-qolmasligiga doir referendum oldidan targ'ibot kampaniyasi vaqtincha to'xtadi. Referendum kelasi hafta o'tishi kerak.

Britaniya Bosh vaziri Deyvid Kameron 23-iyun kungi referendum oldidan targ'ibot ishlarini vaqtincha to'xtatishga qaror qildi. Kameron Koksning oila a'zolariga ta'ziya izhor etmoqda.

"Haqiqiy yulduzdan ayrildik. Koks ajoyib qonunchi, ishiga sadoqatli, mehrli bir davlat arbobi edi. Uning o'limidan qayg'udamiz. Naqadar dahshatli, qo'rqinchli xabar. Mazkur referendumga doir kampaniyada tanaffus e'lon qilishga qaror qildik. Bugun, bu mash'um damlarda barchaning xayoli Jo va uning oilasida", - dedi Deyvid Kameron.

41 yoshli qonunchi ayol, ikki farzandning onasi, Britaniya Yevropa Ittifoqida qolishi kerak, deb keldi. U, shuningdek, Yevropaga bosh urib kelgan suriyalik qochoqlarga shafqat ko'rsatish zaruratini eslatib keldi. Hujum ortida siyosiy sabablar bormi, yo'qmi, noma'lum. Politsiya tergov boshlagan.

"Tergov endi boshlandi. Hujumchi hozir hibsda. Uning qilmishi sabablari haqida biror narsa deyishga hali erta", - deydi Di Kollins, Vest Yorkshir politsiyasi vakili.

Qonunchiga hamla qilgan shaxs 52 yoshda. Koks hujumdan bir soat o'tib kasalxonada jon bergan.

U o'zining shahri fuqarolari orasida obro'si baland edi.

"Jo ajoyib, gapga usta inson edi", - deydi mana bu shaxs. "Hammaga yordam berar, oddiy, xushmuomala odam edi".

Britaniya Yevropa Ittifoqidan chiqsin, deguvchilar mamlakat suvereniteti, qochqinlar oqimidan himoya uchun zarur bu, deydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG