Britaniya Qaddafiy diplomatlarini haydab, muvaqqat kengashni tan olgan

  • Amerika Ovozi

Britaniya Tashqi ishlar vaziri Uilyam Xeyg, London, 27-iyul, 2011-yil

Britaniya Tashqi ishlar vaziri Uilyam Xeyg, London, 27-iyul, 2011-yil

Britaniya Liviya rahbari Muammar Qaddafiyga sodiq barcha diplomatlarni mamlakatdan haydab, muxolif muvaqqat kengashni tan olgan.

Tashqi ishlar vaziri Uilyam Xeygning aytishicha, Liviyada isyonchilarning obro'si oshmoqda, nazorati ostidagi hududlarni to'g'ri boshqaryapti.

"Bundan keyin muvaqqat kengash bilan rasmiy aloqada bo'lamiz", - deydi Britaniya vaziri.

Shu kungacha 30 dan ziyod davlat kengashni Liviyaning yagona hukumati sifatida tan olgan.

Uilyam Xeyg Qaddafiy hukumatini zulmda ayblar ekan, NATO havo hujumlarini yoqlab, buning oqibatida Liviyada minglab odamlarning hayoti saqlab qolindi, deydi.

Britaniya, shuningdek, Liviya hukumatiga tegishli 149 million dollarni muxolif kengashga o'tkazishini aytgan. Pul muzlatilgan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG