Belgiyada hujum sodir etganlardan ikkisi AQSh qora ro'yxatida bo'lgan

  • Amerika Ovozi

Aka-uka Bakraviylar chapda, qora kiyimda. Shlyapa kiygan shaxs qidiruvda.

Aka-uka Bakraviylar chapda, qora kiyimda. Shlyapa kiygan shaxs qidiruvda.

Fransiya politsiyasi ehtimoliy teraktni bartaraf etganini bildirmoqda. Poytaxt Parij yaqinida o’tkazilgan aksil-terror amaliyoti natijasida bir kishi hibsga olindi. 34 yoshli Reda Kriket - Fransiya fuqarosi. Razvedka idoralari uni bir necha hafta kuzatgan.

Ichki ishlar vaziri Bernar Kaznev so’zlariga ko’ra, hibsdagi shaxs hujumni amalga oshirish bosqichida bo’lgan.

O’tgan yilning noyabrida Parijda ro’y bergan qatliomda 130 kishi o’lgan edi. Huquq-tartibot organlari shundan buyon shay holatda.

Amerika Davlat kotibi Jon Kerri bugun Bryusselda Yevropa Ittifoqi rasmiylari bilan uchrashyapti. Maqsad ittifoqchilarni qo’llab-quvvatlash. Amerika ahli siz bilan hamdard va yordamga tayyor, deydi Kerri.

Bugun ma’lum bo’lishicha, Bryussel aeroporti va metro bekatida ro’y bergan portlashlarda o’lganlar orasida ikki amerikalik ham bor.

Jon Kerri Yevropa Komissiyasi raisi Jan-Klod Yunker, Belgiya Bosh vaziri Charlz Mishel va boshqa rasmiylar bilan muzokara qilmoqda. AQSh va Belgiya o'rtasida aksil-terror mashqlar rejalangan.

Shunisi ma’lumki, Belgiyadagi hujumlarni amalga oshirgan shaxslardan ikkisi, aka-uka Ibrohim va Xolid Bakraviylar AQShning qora ro’yxatida bo’lgan. Ibrohim Bakraviy 2013-yilda Turkiya-Suriya chegarasida ushlanib, Belgiyaga ekstraditsiya qilingani ham ma'lum.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG