Birma muxolifati: Demokratik harakat yetakchisi parlamentga saylandi

  • Amerika Ovozi

67 yoshli Aung San Su Chiy, Demokratiya uchun Milliy Liga yetakchisi. 20 yil uy qamog'ida o'tirib, 2010-yilda ozod etilgan.

67 yoshli Aung San Su Chiy, Demokratiya uchun Milliy Liga yetakchisi. 20 yil uy qamog'ida o'tirib, 2010-yilda ozod etilgan.

Uzoq yillar harbiy diktatura ostida yashagan Birmada demokratik o’zgarishlar yuz bermoqda.

Mamlakat oshkoralik va xalq boshqaruviga qanchalik tayyorligi sinovdan o’tmoqda.

Bugun boshlangan saylovlarida 664-o’rinlik parlament uchun ko’plab muxolifatchilar ham bellashmoqda. Ular orasida eng ko’zga ko’ringani - 67 yoshli Aung San Su Chiy, Demokratiya uchun Milliy Liga yetakchisi, Tinchlik uchun Nobel mukofoti sovrindori.

Birma uzoq yilardan beri harbiylar boshqaruvi ostida edi. O'tgan yili hokimiyat fuqaro qo'liga o'tdi.

Birma uzoq yilardan beri harbiylar boshqaruvi ostida edi. O'tgan yili hokimiyat fuqaro qo'liga o'tdi.

Ang San Su Chiyning otasi Aung San zamonaviy Birmaning otasi hisoblanadi. Britaniya mustamlakasiga qarshi kurashga boshchilik qilgan. Vatani 1948-yilda mustaqillikka erishishidan sal oldin o'ldirilgan.

Aung San Su Chiyning g'alaba qilgani hali rasman tasdiqlanmagan, lekin liganing bunga ishonchi komil.

Partiya 1990-yilda g’alaba qozonganida, harbiy rahbarlar buni tan olishdan bosh tortib, uni uy qamog’iga mahkum etgan va o’tgan 20 yil ichida Aung San Su Chiy tutqunlikda yashab keldi.

Bugun boshqaruv fuqarolar qo’liga o’tgan, ammo demokratiya tarafdorlari hamon saylovlar erkin va adolatli kechishiga ishonmaydi. Lekin, deydi Aung San Su Chiy, xalqqa tanlash imkoniyati berilayotganining o’zi ulkan o’zgarish.

Jarayonni chet eldan o’nlab mutaxassislar va axborot vositalari kuzatmoqda. Rasmiy natijalari kelasi hafta ma’lum bo’ladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG