Birmalik faol etnik ixtilofda hech kimga yon bosmaydi

  • Amerika Ovozi

Birma muxolifati rahbari Aun San Su Chi Yevropa Komissiyasi prezidenti Joze Manuel Barrozo bilan uchrashmoqda, Neypido, 3-noyabr, 2012-yil.

Birma muxolifati rahbari Aun San Su Chi Yevropa Komissiyasi prezidenti Joze Manuel Barrozo bilan uchrashmoqda, Neypido, 3-noyabr, 2012-yil.

Birmalik demokratiya siymosi Aun San Su Chi mamlakatdagi etnik zo’ravonliklardan xavotirda, ammo tarafkashlik qilmayman, demoqda.

Tinchlik uchun Nobel mukofoti sohibasining BBC ga bergan intervyuda aytishicha, muammoning negizini aniqlamay turib, rahbar o’z obro’sidan tomonlardan birining yonini olish uchun foydalanmasligi lozim.

Ma’lumki, Birmada buddistlar va musulmonlar to’qnashib, yuzlab odam o’lgan, 22 ming aholi jon saqlash maqsadida bir haftada uyini tashlab chiqishga majbur bo’lgan.

Muxolifat yetakchisi har ikki tomon faollari uning bu ishga aralashmayotganidan norozi ekanini aytadi, ammo, deydi Aun San Su Chi, muammo bilan shug’ullanishdan oldin qonun ustuvorligi ta’minlanishi lozim.

Birmaga safar qilgan Yevropa Komissiyasi prezidenti Joze Manuel Barrozo so’nggi voqealardan afsusda, zo’ravonliklar islohotlarni sekinlashtiradi, degan.

Inson huquqlari bilan shug’ullanuvchi Human Rights Watch tashkilotiga ko’ra, mojarodagi asosiy qurbonlar bu ozchilikdagi musulmonlardir. Ayrim guruhlarning ta’kidlashicha, Birma harbiylari ham ularga qarshi kuch ishlatgan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG