Birma musulmonlari Turkiyadan yordam so'ramoqda

  • Amerika Ovozi

Musulmonlar yashovchi Roxiniya viloyati

Musulmonlar yashovchi Roxiniya viloyati

Inson huquqlari bilan shug’ullanuvchi Human Rights Watch xalqaro tashkilotiga ko’ra, Birmada iyun oyidagi diniy to’qnashuvlar ketidan xavfsizlik kuchlari mahalliy musulmonlarni ommaviy ravishda hibsga olib, o’ldirgan, zo’rlagan.

Tashkilot vakili Elen Pirsonning aytishicha, xavfsizlik kuchlari Birma g’arbidagi Roxinya musulmonlari va buddistlar o’rtasidagi to’qnashuvlarning oldini olmagan.

BMTning inson huquqlari bo’yicha vakili ayni damda hududni ko’zdan kechirmoqda.

Musulmonlar sardori Muhammad Yunusning aytishicha, odatda inson huquqlari haqida bong uradigan Birma muxolifati rahbari, Tinchlik uchun Nobel mukofoti laureati Au San Su Chi va tibetlik buddistlar diniy rahnamosi Dalay Lama bu voqealar bo’yicha lom-lim demadi, sukut saqlamoqda.

Yunus Turkiyadan birmalik musulmonlarni himoya qilishni so’ramoqda.

"3-iyundan beri 50 ming musulmon o’ldirildi, yana 50 minggi dom-daraksiz ketgan", - deydi u.

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Ahmat Dovuto’g’li tez kunlarda ularga gumanitar yordam berilishini aytdi.

Roxinya xalqi 8-asrda arab savdogarlaridan islomni qabul qilgan janubi-sharqiy osiyoliklarning avlodlari sanaladi. Ammo buddistlar ularni kelgindi deb, kamsitib keladi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG