Islohotlar boshlangan Birmada hukumat isyonchilar bilan muloqotda

  • Amerika Ovozi

Islohotlar boshlangan Birmada hukumat isyonchilar bilan muloqotda

Islohotlar boshlangan Birmada hukumat isyonchilar bilan muloqotda

Birmada boshlangan siyosiy o’zgarishlar natijasida bu mamlakat tashqi dunyo bilan aloqalarini yaxshilamoqda. Prezident Teyn Sheyn demokratik islohotlar davom etadi deydi. Amerika bilan munosabatlarni mustahkamlash birinchi o’rinda.

AQSh prezidenti Barak Obama Birmadagi islohotlarni olqishlar ekan, Davlat kotibasi Xillari Klinton 1-dekabr kuni bu davlatga safar qilishini ma'lum qildi.

Birma rahbari Teyn Sheyn buni katta yutuq deya baholaydi. Hali qilinadigan ishlar talay, deya tan oladi u.

O’zgarishlardan biri – hukumatning isyonkor guruhlar bilan muloqot boshlagani. Maqsad – murosa, uzoq yillik mojaroga barham berish.

Birma rahbari Tein Sheyn

Birma rahbari Tein Sheyn

Muzokaralarda ishtirok etayotgan besh guruhdan uchtasi – Shan Janubiy Davlat Armiyasi, Karen Milliy Ittifoqi va Chin Milliy Jabxasi - hukumat taklifini qabul qilgan.

Xunsey Jeyyen - Shan harakati vakili.

”Bu guruhlar avtonomiyaga ega bo’lib, inson huquqlari va demokratiya borasida mustaqil bo’lmoqchi”,- deydi u.

1947-yilgi Binlong konferensiyasi natijasida etnik guruhlar mustaqillikni qo’lga kiritgan. Ular aslida Britaniya mustamlakasidan ozod bo’lishga harakat qilgan, ammo bosh muzokarachi Aung San, hozirgi muxolifat lideri Aung San Su Chiyning otasi, o’ldiriladi. Birmada harbiylar hokimiyatni qo’lga oladi.

Demokratik kuchlar yetakchisi Aung San Su Chiy xonim Rangunda hukumat a'zolari bilan, 7-noyabr 2011

Demokratik kuchlar yetakchisi Aung San Su Chiy xonim Rangunda hukumat a'zolari bilan, 7-noyabr 2011

Birma bo’yicha mutaxassis Deyvid Staynberg fikricha etnik guruhlarga teng huquq va imkoniyat berilmasa, muammoni hal etib bo’lmaydi.

”Ular bu masalaga yetarli e’tibor qaratmayapti. Etnik guruhlarga qarashli armiyalarni milliy armiyaga qo’shish orqali ularning hukumatga qarshi isyon ko’tarish salohiyatini sindirish rejasi bor edi, lekin isyonchilar qarshiligi sababli yangi hukumat bu rejadan voz kechdi”.

Hukumat taklifiga rozi bo’lgan guruhlar muxolifat lideri Aung San Su Chiyning hukumat bilan miloqot boshlaganidan mamnun.

Aung San Su Chiy parlament saylovlarida qatnashish niyatida.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG