Birma muxolifati yetakchisi Au San Su Chi AQShda

  • Amerika Ovozi

Birma muxolifati yetakchisi Au San Su Chi Vashingtonda AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton bilan uchrashmoqda, 18-sentabr, 2012-yil.

Birma muxolifati yetakchisi Au San Su Chi Vashingtonda AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton bilan uchrashmoqda, 18-sentabr, 2012-yil.

Birma muxolifati yetakchisi Au San Su Chi 17 kunlik tashrif bilan AQShga kelgan. Bugun u Vashingtonda Davlat kotibasi Xillari Klinton bilan uchrashdi.


Faol Birmadagi demokratik o’zgarishlar va mamlakat oldidagi muammolar mavzusida nutq so’zlashi kutilmoqda. Ertaga esa Nobel mukofoti sohibasiga AQSh Kongressining oltin medali topshiriladi. Bu Amerikada eng yuksak noharbiy mukofotdir.

AQSh tarixida bu medal ilk bor 1776-yilda general Jorj Vashingtonga topshirilgan.

Au San Su Chi Amerika Ovoziga tashrif buyuradi. Faol Kaliforniya, Nyu-York va Indiana shtatlarida ham bo’ladi. Amerikada yashovchi birmaliklar bilan uchrashadi.

Kelasi hafta Birma prezidenti Teyn Sheyn ham AQShda bo’lib, BMT Bosh Assambleyasining yillik sessiyasida nutq so’zlaydi.

Mamlakatda inson huquqlariga doir ahvol bir oz yaxshilangan ekan, Obama ma’muriyati bu davlatga qo’yilgan ayrim sanksiyalarni yumshatmoqchi.

Yuzlab siyosiy mahbuslar, jumladan, uy qamog’ida salkam 20 yil saqlangan Au San Su Chi ozod etilib, muxolifat partiyalarga saylovlarda ishtirok etishga ruxsat berilgan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG