Breaking News

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri O'zbekistonda, 1-noyabr, 2015

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri bugun Samarqandda bo'ldi. O'zbekiston rahbari Islom Karimov uni aeroportda kutib olib, yuzma-yuz muloqot qildi. O'zaro manfaatlar, Markaziy Osiyo xavfsizligi va iqtisodiy hamkorlik xususida gap ketdi.

Jurnalistlar uchun yopiq muzokarada inson huquqlari masalasi ham ko'tarilgani aytiladi. O'zbekistonda hukmron "repressiv tuzum bilan apoq-chapoq" likda tanqid qilinadigan Amerika hukumati huquqbuzarlik va adolatsizliklar masalasi chetda qolmagan, deya qayd etadi.

G'arb matbuoti, xususan yetakchi "Associated Press" va "Reuters" axborot agentliklari bugungi uchrashuvlar va umuman, Kerrining mintaqa bo'ylab safarini yoritar ekan, bular "avtoritar hukumatlar bilan muzokaralar", deya sharhlamoqda va Markaziy Osiyodagi og'ir muammolar zaminida repressiya yotadi deya urg'ulamoqda.

Prezident Karimov bilan uchrashuv ketidan AQSh Davlat kotibi Markaziy Osiyoning besh respublikasi tashqi ishlar vazirlari bilan davra suhbati qilgan. Vashington tashabbusi bilan boshlangan C5+1 nomli bu dialogdan maqsad - mintaqaviy integratsiyani targ'ib qilish. Obama ma'muriyati Markaziy Osiyo kelajagini integratsiyada ko'radi, deydi Kerri.

Ko'proq...

XS
SM
MD
LG