Breaking News

Qahvaga bangi bo'lish mumkinmi?


Kofe miyaga qanchalik ta'sir qiladi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:14 0:00

Kofe miyaga qanchalik ta'sir qiladi?

Qahva – ommaviy ichimlik. Ayrimlar kofe ichmay turolmaydi. Uning tarkibidagi kofein moddasi bizni darrov tetik qilishini yaxshi bilamiz. Yangi tadqiqot doirasida kofeinning odam miyasiga ta’siri o’rganildi.

Kofe ichganda miyada nima sodir bo'ladi? Navbahor Imamova
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:54 0:00

Hali erta bo’lishiga qaramay “Aroma Espresso Bar” nomli kafe mijozlarga to’la. Hamma qahvaga tashna.

“Qahva ichmasam bo’lmaydi. Uyqum kelaveradi,” - deydi kafega kelgan bir mijoz.

Ko’plar kofeinsiz yasholmaydi. Uni kofedan oladimi, koka-kola kabi ichimlikdanmi – farqi yo’q.

“Kuniga bir marta, erta tongda kofe ichmasam bo’lmaydi. Menga quvvat beradi,” - deydi yana bir mijoz.

Xo’sh, kofein qanday qilib bizga quvvat bahsh etadi?

Nevrolog-olim Nora Volkou hamma gap miyada, deydi. U turli dorilar, narkotiklar va mana endi kofeinning miyaga ta’sirini ko’p yildan beri o’rganib keladi.

“O’zimizni yaxshiroq sezamiz, ayniqsa agar kechasi yetarlicha uxlamagan, kech yotgan bo’lsak. Diqqatimizni oshiradi. Buning aniq sabablari ma’lum emas,” - deydi Volkou.

Kofeinga bangi bo’lishning sababini tushunish uchun Volkou bir guruh ko’ngillilar orasida eksperiment o’tkazdi. Ularga 2-3 krujka qahvaga teng keladigan kofein tabletkalari berildi. So’ngra olimlar kofeinning miyaga ta’sirini maxsus apparatlar orqali kuzatdi.

Boshqa narkotiklar kabi kofein ham miyaning dopamin moddasini ishlab chiqarish qobiliyatini kuchaytiradi.

Geroin va kokain dopamin oqimini oshiradi, oqibatda odam bu narkotik moddalarga qaram qilib qoladi. Kofein ta’siri esa boshqacha. U miyada dopamin yopishib oladigan retseptorlar sonini ko’paytiradi. Bu esa bizni tetik qiladi. Jarayonning miyaga ta’siri unchalik kuchli emas.

“Gap shundaki, kofein boshqa narkotiklardan farqli o’laroq bizni o’ziga qaram qilib qo’ymaydi va fojeali oqibatlarga olib kelmaydi. Ya’ni odam kofeinga bangi bo’lmaydi,” - deydi Volkou.

Demak, qahva ichishni istaganda tashlash mumkin. Oqibatlari sezilarli emas.

“Men qahvaga muhtojman,” - deydi bir qahvaxo'r.

Bu ommaviy ichimlikni tanovul qilishda davom etishingiz ham mumkin – ayniqsa o’zingizni tezda tetik sezmoqchi bo’lsangiz.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG