Qohirada namoyishchilar davlat idoralarini qurshab olgan

  • Amerika Ovozi

Husni Muborak prezidentlikda qolar ekan, namoyishlar tinmayapti

Husni Muborak prezidentlikda qolar ekan, namoyishlar tinmayapti

Misrda hukumatga qarshi 18 kunlik qozg'olondan keyin ham Husni Muborak prezidentlikda qolar ekan, yuzlab ming odamlar Qohira va boshqa shaharlar bo'ylab namoyishlarni davom ettirmoqda.

Juma namozidan keyin xaloyiq davlat idoralarini qurshab olgan. Ko'chalarda xavfsizlik kuchlari soni oshirilgan.

Qohiraning "Tahrir" maydoni dengizga o'xshaydi. Xalq to'lqindek to'lg'anib turibdi. Odamlar shu yerda tunamoqda.

Namoyishchilar davlat radio va televideniyesi hamda prezident saroyi atrofini ham o'rab olgan.

Iskandariya va Suvaysh shaharlarida ham minglab fuqaro ko'chaga chiqib, amaldagi siyosatni, 30 yillik diktatorni qoralamoqda.



Muborak kecha, 10 fevral kuni, iste'fo berishi kutilgan edi. Prezident ommaga murojaat qilib, tinchlanishni so'radi, ammo lavozimda muddati oxirigacha o'tirishini aytdi. Muborak o'z vakolatlarini qisman vitse-prezidenti Umar Sulaymonga topshirgan.

Mamlakat armiyasi bu qarorni olqishlab, Qohirada xaloyiqni tarqalishga, normal hayotga qaytishga undamoqda.

Bugun harbiy kengash targatgan bayonotda Muborak va'da qilgan islohotlar to'liq amalga oshiriladi, siyosat o'zgaradi va sentabr oyidagi saylovlar erkin va adolatli o'tadi deya ta'kidlanadi.

Qo'shma Shtatlar nazarida Misrda xalq talabi bajarilishi kerak, ya'ni hokimiyat o'zgarishi lozim.

"Xalq endi orqaga qaytmaydi. U adolat talab qilmoqda, buni esa so'z bilan ta'minlay olmaysiz", - deydi prezident Barak Obama, Misr rahbariyatiga qarata.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG