Musulmon davlatlar rahbarlari Qohirada uchrashmoqda

  • Amerika Ovozi

Islomiy davlatlar tashkilotining sammiti, Qohira, Misr, 6-fevral, 2013-yil

Islomiy davlatlar tashkilotining sammiti, Qohira, Misr, 6-fevral, 2013-yil

Qohirada Islomiy davlatlar tashkilotining ikki kunlik sammiti boshlandi. Suriya va Malidagi vaziyat hamda Isroil-Falastin munosabatlari muhokamada.

56 davlat kirgan tashkilot Suriya prezidenti Bashar al-Assadni xalqiga qarshi kuch ishlatganlikda ayblab, avgust oyida Suriyani o’z safidan chiqargan edi.

Bugungi sammitda a’zo davlatlar rahbarlari Suriya hukumati va muxolifatini siyosiy muloqotga da’vat etdi. Misr prezidenti Muhammad Mursiy Suriya muxolifatini qo’llab-quvvatlashga chaqirib, Assadni tarix saboqlarini o’zlashtirmayotganlikda va shaxsiy manfaatlarini xalqnikidan ustun qo’yganlikda aybladi.

A’zo davlatlar Fransiyaning Malida islomiy jangarilarga qarshi harbiy harakatlarini olqishladi, ammo Mursiy fransuz amaliyotlarini qoralab chiqdi.

Senegal prezidenti Maki Sal musulmon davlatlarni Maliga yordam berishga da’vat etdi.

“Kichik sonli terrorchilarga jinoyat sodir etishiga, dinimizni buzib, unga nisbatan nafrat uyg’otishlariga yo’l qo’ymaslik lozim”, - dedi Sal.

Sammitda iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy masalalar hamda a’zo davlatlarda qashshoqlikka qarshi kurash mavzusi ko’tariladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG