Britaniya rahbari Afg'onistonga bordi

  • Amerika Ovozi

Hilmand viloyatida Britaniya kuchlariga qarashli harbiy bazada, 29-iyun, 2013

Hilmand viloyatida Britaniya kuchlariga qarashli harbiy bazada, 29-iyun, 2013

Britanitya Bosh vaziri Deyvid Kameron kutilmaganda Afg’onistonga bordi. Tolibon bilan muzokaralarni to’xtatmaslik kerak, Hamid Karzay hukumatini quvvatlaymiz va afg’on xalqidan yordamni ayamaymiz, dedi u Kobuldagi uchrashuvlarda.

Kameron Afg’oniston janubidagi ingliz bazalariga bordi.

Tolibon Amerika bilan muzokarada, ammo xurujlarni to’xtatmagan. Shu sabab yaqin kunlarda rejalangan muloqot kechiktirilgan.

Karzay nazarida Tolibon Qatarda qarorgoh ochib, G’arb bilan bir davrada o’tirib, unga shart qo’yib, o’zini chet eldagi afg’on hukumati sifatida tanishtirishga urinmoqda.

AQSh bunga yo’l qo’ymasligi kerak, deydi prezident. Vashingtondan norozi Karzay Obama ma’muriyati bilan 2014-yildan keyingi rejalar xususida so’zlashmoqchi emas va bu boradagi muzokaralarni to’xtatamiz deya ogohlantirmoqda.

Amerika pozitsiyasi shuki, Afg’oniston kelajagi demokratik tuzumda va Karzay hozir uning yagona rahbari. Tolibon bilan muzokara tinchlikni ta’minlash uchun zarur. 2014-yilning aprelida prezident saylovlari o’tadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG