Kanada Eronni terrorizmda ayblab, Tehrondagi elchixonasini yopdi

  • Amerika Ovozi

Kanada Eron bilan diplomatik aloqani uzishga qaror qilar ekan, islomiy respublika bu davlatni Isroil ta’siriga berilgan, deya tanqid qilmoqda.



Tashqi ishlar vazirligi so’zlovchisi Ramin Mehmonparast Kanada hukumatini ekstremizmda ayblab, unga “munosib javob” beramiz, deya ta’kidladi.

Tehrondagi elchixona yopilishini e’lon qilar ekan, Kanada Tashqi ishlar vaziri Jon Berd (John Baird) Eronni dunyo tinchligi va xavfsizligiga eng katta tahdid hamda terrorizm homiysi deb atadi. Bu davlat olib borayotgan yadroviy tadqiqotlar, Suriyaga harbiy ko’mak uzatayotgani hamda Isroilga nisbatan adovat ham qarorga turtki bergan omillardan.

Xabarlarga qaraganda, ayni paytda Eronning Ottavadagi elxchixonasi eshiklarida ham “yopiq” degan yozuvni ko’rish mumkin.

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Kanada qarorini olqishlamoqda. AQSh rasmiylari ham qo’shni davlat bunday keskin choraga borganini tushunamiz, deya izoh berdi.



Kanada Tehrondagi diplomatlari xavfsizligidan tashvish bildirgan edi. Ular allaqachon mamlakatni tark etgan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG