Kanada "Islomiy davlat"ga qarshi havo hujumlarida qatnashmaydi

  • Amerika Ovozi

Bosh vazir Jastin Tryudo 22-fevralgacha Kanadaning olti jangovar samolyotini vatanga qaytamoqchi.

Bosh vazir Jastin Tryudo 22-fevralgacha Kanadaning olti jangovar samolyotini vatanga qaytamoqchi.

Kanada joriy oydan e'tiboran Iroq va Suriyada "Islomiy davlat" jangari guruhiga qarshi havo hujumlarida qatnashmay qo'yadi.

Bosh vazir Jastin Tryudo 22-fevralgacha Kanadaning olti jangovar samolyotini vatanga qaytamoqchi. U o'tgan yili saylanishdan oldin bergan va'dasini bajarmoqda.

Tryudo nazarida AQSh boshchiligidagi koalitsiyaning havo zarbalari qisqa muddatda ish berishi mumkin, lekin mintaqada uzoq muddatda tinchlik va barqarorlikni ta'minlab bera olmaydi.

Biroq Kanada koalitsiyaga havodan razvedka amaliyotlari o'tkazish va jangovar samolyotlarni yoqilg'i bilan ta'minlashda yordam berishda davom etadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG