Ona: Kanadada otishma boshlagan o'g'limning qilmishidan g'azabdaman

  • Amerika Ovozi

Qurollangan Maykl Bibo chorshanba kuni Kanada urush faxriylari yodgorligida bir askarni o'ldirgan. Keyin parlament binosiga bostirib kirib, u yerda yuz bergan otishmada xavfsizlik xizmati tomonidan otib o'ldirilgan.

Kanadaning Ottava shahrida soqchi askarni otib o'ldirgan shaxsning onasi o'g'lining hakaratlarini izohlashga ojiz. Suzan Biboning "Associated Press" axborot agentligiga aytishicha, u 32 yoshli Maykl Zehaf-Biboning qilmishidan g'azabda.

"Hayotda o'zining o'rnini topa olmay yurgan edi u", - deydi ayol. Ona-bola besh yil gaplashmay, faqat o'tgan hafta ko'rishgan. Suzan Bibo o'g'li uchun emas, marhum askar uchun motam tutishini aytdi.

Qurollangan Maykl Bibo chorshanba kuni Kanada urush faxriylari yodgorligida bir askarni o'ldirgan. Keyin parlament binosiga bostirib kirib, u yerda yuz bergan otishmada xavfsizlik xizmati tomonidan otib o'ldirilgan.

U oy boshida pasport olish uchun Ottavaga borgan. Politsiyaning so'zlariga ko'ra, Bibo Suriya yoki Liviyaga borib jangarilarga qo'shilish istagida yurgan. Biroq u pasportini olish cho'zilib ketgani bois qo'liga qurol ko'targani taxmin qilinadi.

Avvaliga Maykl Bibo hamrohlari bilan hujum rejalagani aytilgan edi, biroq rasmiylarning keyinroq aniqlashicha, u yolg'iz harakat qilgan.

Bu hujum ketidan Kanada jamoatchiligi orasida vahima ortgan. Mamlakat Iroq va Suriyada xalqaro koalitsiyaga qo'shilgani uchun bu kabi hamlalar kuchayishi mumkin, degan xavotir bor.

Dushanba kuni "Islomiy davlat" g'oyalarini yoqlagan yana bir shaxs Kvebek shahrida ikki askarni mashinada urib ketgan edi. Bir harbiy o'lib, ikkinchisi jarohatlangan. Hujumchini politsiya otib o'ldirgan. Bu odam Turkiyaga safar qilishi oldidan rasmiylar uni ekstremizmga berilganlik gumoni bilan to'xtatib qolgan edi.

Har ikki hujum Kanadada tug'ilib o'sgan shaxslarning ishi. Kanada Bosh vaziri Stiven Xarper mamlakatda xavfsizlik choralarini oshirishni va'da qilar ekan, vahimaga berilmaymiz, deydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG